Koronavirus San-Fransiskodagi vatandoshlarni birlashtirdi

Your browser doesn’t support HTML5

San-Fransiskodagi O'zbek jamiyati yetakchisi Qudrat Rahimhodjayev so'zlariga ko'ra, Kaliforniya shtatida ikki mingcha vatandosh bor. Talabalar, tadqiqotchi va olimlar, mutaxassislar, xususan axborot texnologiyalari sohasidagi yirik kompaniyalarda mehnat qilayotganlar.
San-Fransiskodagi O'zbek jamiyati yetakchisi Qudrat Rahimhodjayev so'zlariga ko'ra, Kaliforniya shtatida ikki mingcha vatandosh bor. Talabalar, tadqiqotchi va olimlar, mutaxassislar, xususan axborot texnologiyalari sohasidagi yirik kompaniyalarda mehnat qilayotganlar. So'nggi yillarda grin-karta yutib kelayotganlar orasida ham bu shtatni tanlayotganlar talay. 2019-yil boshida o'zbekistonlik immigrant va musoffirlar Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida o'z nodavlat tashkilotlariga asos soldi. Tashkilot San-Fransisko ko'rfazi O'zbek jamiyati markazi deb nomlanadi. Rahimhodjayev - uning rahbari.