Vashington choyxonasi: AQSh xalqaro talabalarga yopilyaptimi?

  • Amerika Ovozi

Kentukki shtatidagi Beriya kolleji xalqaro talabalari

Koronavirus pandemiyasi tufayli AQShning ko'plab universitetlari bu yil kuzgi semestrni to'liq onlayn shaklda o'tkazishga qaror qilmoqda. Ular orasida Garvard kabi nufuzli universitetlar ham bor.

Bu xalqaro talabalar uchun jiddiy muammoni keltirib chiqarmoqda. AQSh Immigratsiya va chegara nazorati agentligining e'lon qilishicha, o'qish to'liq onlayn bo'ladigan universitetlarga xalqaro talabalar qabul qilingan taqdirda ham, ularga viza berilmaydi. Bunday talabalar o'qishni o'z mamlakatida turib internet orqali olishi kerak bo'ladi.

Allaqachon vizani qo'lga kiritganlarning vizasi bekor qilinadi, ya'ni ular AQShga kiritilmaydi. AQShda bo'lib turgan xalqaro talabalar esa o'z ixtiyori bilan vataniga qaytishi kerak. Aks holda, deportatsiya qilinadi.

Bu yangilik universitetlar va xalqaro talabalarning keskin noroziliklariga sabab bo'ldi. Xalqaro talabalarning taqdiri endi nima bo'ladi? Bu o'zgarish qisqa va uzoq muddatda AQSh oliy ta'limiga qanday ta'sir qiladi? Sirakyus universiteti doktoranti Mirjahon Turdiev bilan shu haqda suhbatlashdik.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: xalqaro talabalar AQShdan haydaladimi?