Eron va Rossiya harbiylari Hind okeanida qo’shma dengiz mashg’ulotlarini boshladi. Maqsad mintaqadagi dengiz savdo yo’llari xavfsizligini kuchaytirish, deb xabar berdi Eron davlat telekanali.
“Eron-Rossiya dengiz xavfsizlik kamari - 2021” deb nomlangan mashg’ulotda Eron dengiz floti va Inqilobiy gvardiya kuchlari qatnashmoqda. U shimoliy Tinch okeanining 17 ming kv. km. hududini qamrab oladi.
Eron admirali G’ulomrizo Tahanining aytishicha, mashg’ulotlarda Rossiyadan harbiy hujumkor kema, yuk kemasi va vertolyot ishtirok etmoqda.
“Bu mashg’ulotdan maqsad axborot almashish hamda qutqatish, telekommunikatsiya va amaliy mashg’ulotlar, xususan, boshqarish va nazorat ishlarida malaka oshirish”, - dedi Eron generali.
2019-yildan beri ikki mamlakat ikkinchi marta qo’shma harbiy yig’in o’tkazmoqda. 2 yil avvalgi tort kunlik mashg’ulotlarda Xitoy ham qatnashgan edi.
AQSh bilan ziddiyat kuchaygan so’nggi yillarda Tehron Moskva va Pekin bilan harbiy hamkorlikni oshirishga urinmoqda.
Ayni paytda Eron AQShni Barak Obama davrida erishilgan yado bitimiga qaytartish uchun yangi Prezident Jo Baydenga harbiy mashg’ulotlarni ko’paytirish orqali bosim o’tkazmoqchi ekani aytiladi.
O’tgan hafta ham Eron Inqilobiy gvardiya kuchlari Iroq bilan chegarada harbiy mashg’ulot o’tkazdi. Unda dronlar, vertolyot va harbiy tanklar ishtirok etgan.