Tanzila Narbaeva: Xalq dardi, Senat va prezident

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekiston Senati raisi Tanzila Narbaeva "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, eng muhimi - xalq bilan aloqa. Biroq jamoatchilik arzi yechimlarga yetaklamoqdami? Tizim muammoni aniqlash bilangina cheklanmayaptimi? Islohotlar qayerda qanday samara bermoqda? Shuningdek, saylov, Sardoba, pandemiya.
O'zbekiston Senati raisi Tanzila Narbaeva xalqaro maydonda mamlakatning eng og'ir masalalarini muhokama qilib tanilgan siyosatchi. O'zbekiston demokratiya tomon dadil qadamlar tashlayversin, deya undovchi G'arb hukumatlari va nodavlat tashkilotlar bilan muloqotda. Senat raisi deydiki, eng muhimi xalq bilan aloqa. Biroq bu aloqa yechimlarga yetaklamoqdami? Tizim muammoni aniqlash bilangina cheklanib qolmayaptimi? Masalan, korrupsiyaga qarshi kurash qanchalik real? Islohotlar qayerda qanday samara bermoqda? "Amerika Ovozi" yaqinda Toshkentda Narbaeva bilan suhbatlashar ekan, bu yilgi saylovlar va xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarga ham alohida to'xtaldi.