O'zbekiston korrupsiya botqog'idan chiqa oladimi?

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi degan yangi idora paydo bo'lgani mamlakatda yulg'ichlikka nisbatan siyosat tubdan o'zgardi degani emas. Buni na rahbarlar, na oddiy odamlar inkor eta oladi. Korrupsiyaga qarshi kurash ketmoqda, degan bayonotlariga ishonch yo'q.
O'zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi degan yangi idora paydo bo'lgani mamlakatda yulg'ichlikka nisbatan siyosat tubdan o'zgardi degani emas. Buni na rahbarlar, na oddiy odamlar inkor eta oladi. Rasmiylarning korrupsiyaga qarshi kurash ketmoqda, degan bayonotlariga ishonch yo'q, chunki ko'plar nazarida, amalda sezilarli o'zgarish kuzatilmaydi. "Amerika Ovozi" bilan O'zbekistonda shu kunlarda muloqot qilgan biror mansabdor, tadbirkor yoki xizmatchi korrupsiya pasaygan, deya olmadi. Yoshlar va kattalar bu borada birdek fikrda: korrupsiya - turmush tarzi, tirikchilik. Shaffoflik va qonun ustuvorligini targ'ib qilish kutiladigan ommaviy axborot vositalari ham har jihatdan korrupsiyalashgan jamiyat va tizimning bir qismi. Kurash qayerdan boshlanib, qayerda nazorat qilinadi? Davlatning eng yuqori pog'onalarida o'tirganlar ham shaffoflik tomon qadam tashlay oladimi? Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qanday vazifalar yuklangan? O'zbekistonga kerakmi bunday organ? Odamlar undan nima kuta oladi, nima kutmasligi kerak. Toshkentda bu agentlik rahbari Akmal Burhanov bilan muloqot.