Shimoliy Koreya iqtisodiyoti o’gir ahvolda ekani xabar qilinmoqda. Mamalakat yetakchisi Kim Chen Un hatto gumanitar inqiroz yuz berishi mumkinligiga ishora qilgan.
Shimoliy Koreya virusdan xoli ekanini e’lon qilgan dunyoning ehtimol yagona davlati bo’lishi mumkin. Aslida vaziyatning ancha og’ir ekanini mamlakat nihoyat tan olmoqda.
O’tgan hafta Kim Chen Un sirli “jiddiy hodisa” yuz bergani haqida ogohlantirdi. Bu virus bilan kasallanganlar soni ortgani bilan bog’liq bo’lishi mumkin. U, shuningdek, oziq-ovqat taqchilligi haqida gapirib, vaziyatni 1990-yillardagi ocharchilik bilan qiyosladi.
“Shimoliy koreyaliklar orasida vahima yuribdi. Avvalgi davrdagi ocharchilik qaytishi mumin, degan xavotirlar bor”, - deydi tahlilchi Robert Lauler.
Vaziyat qanchalik og’ir ekanini aniqlash qiyin. Ommaviy ocharchilik belgilari hozircha mavjud emas. Ammo oziq-ovqat va Xitoydan keladigan qimmatbaho mahsulotlar narxi osmonga sapchigan.
“Chegaralar yopilgani, o’tgan yili hosil yaxshi kelmagani, harakat cheklangani bois odamlar qiynalyapti. Aholi, ayniqsa, Xitoy bilan chegaradagilar biznes faoliyati bilan shug’ullanishi mumkin emas”, - deydi Lauler.
Inqirozga qaramay, Shimoliy Koreya aholisini emlashga shoshmayapti. Pxenyan BMTning “COVAX” dasturidan vaksina olish uchun hatto tegishli hujjatlarni ham topshirmagan.
Mamlakat boshqa davlatlardan vaksina olgani haqida ham ma’lumot yo’q.
“Bundan hayratdaman. AQShda, masalan, turli sabablar bilan vaksina olishdan bosh tortadiganlar bor, lekin Shimoliy Koreyada bunday emas”, - deydi janubiy koreyalik ekspert Yan Mu-Jin.
Shimoliy Koreya chegaralarni yopiq saqlash orqali virusdan himoyalanish yo’lidan bormoqda. Vaksina olish uchun esa chegaralarni ochish kerak.
Vaziyat Kim hukmronligi uchun jiddiy tahdid emas, ammo uzoq cho’zilsa, hokimiyat asoslariga putur yetkazishi mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5