Toshkentda 15-iyul kuni erishilgan kelishuvga ko'ra, AQSh, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston yangi maslahat platformasi tashkil etdi.
Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligi yuzasidan o'tayotgan xalqaro konferensiya doirasida yuqorida qayd etilgan davlatlarning bosh diplomatlari va yetakchi rasmiylari Afg‘onistonda tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda birga ishlashga qaror qilgan.
Ular fikricha, Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog‘liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Savdo va tijoratnii kengaytirish, tranzit yo‘llari yaratish va biznes imkoniyatlar ochich - birlamchi maqsadlar, deyiladi bayonotda.
Hali bu platforma shartlari belgilanmagan. Yaqin kelajakda yana uchrashuv.
Hozirgacha bu masalalar AQSh va Markaziy Osiyoning besh respublikasi ishtirokidagi C5+1 platformasida, shuningdek, AQSh-Afg'oniston-O'zbekiston platformasida muhokamada edi.