"Saxovat Namangan": O'zbekistonda jamoat tashkilotlari nima bilan mashg'ul?

Your browser doesn’t support HTML5

Namangan viloyatimiz. O‘zbekistonning bu qismida fuqaro jamiyati nimalar bilan mashg‘ul ekaniga qiziqib, qisqa muddatda xalq og‘ziga tushgan bir tashkilot bilan tanishdik. "Saxovat Namangan" xayriya jamoat fondi. Uni yurituvchilarga ko‘ra, sahovatpeshalik va insonparvarlik mehr va iymondandir.
Fuqaro jamiyati - fuqarolarning og‘irini yengil qilish uchun fuqarolarning o‘zidan chiqqan faollar va ular olib boradigan tashabbuslar va dasturlar. Odamlarni qiynayotgan masalalar bilan mahalliy ravishda kurashadigan, hokimiyatga muammolarni eslatib turadigan, ularga yechim topishda yordamlashadigan, ammo mustaqil faoliyat yuritadigan muassasalar.

O‘zbekistonda fuqaro jamiyati azaldan zaif va cheklangan, degan qarash xalqaro maydonda keng, chunki mamlakatda nohukumat tashkilotlar aslida hukumat iznida va erkin ishlamaydi, deya tahlil qilinadi.

Namangan viloyatimiz. O‘zbekistonning bu qismida fuqaro jamiyati nimalar bilan mashg‘ul ekaniga qiziqib, qisqa muddatda xalq og‘ziga tushgan bir tashkilot bilan tanishdik. "Saxovat Namangan" xayriya jamoat fondi. Uni yurituvchilarga ko‘ra, sahovatpeshalik va insonparvarlik mehr va iymondandir.

Fond yuzlab boquvchisiz oilalar uchun qurayotgan uylarning poydevori ayollar ehson qilgan tillalardan, deya hikoya qiladi uning rahbari Ma’rufxon Rajabboyev. Namanganda imom sifatida ham tanilgan Rajabboyev tashkilotning vasiylar kengashi raisi. Xayriyada onalar hamisha o’rnak, deydi u.

Xayriya qilganlarning kim ekani ochiq aytilmaydi, chunki ularning o’zi buni ma’qul ko’rmaydi. Ammo, Rajabboyevning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, ularning kim ekani obdon tekshiriladi. Fondlardan egri maqsadlar uchun foydalanishga harakat qiladiganlar hamisha bor. Manbalar xavfsiz ekanini ta’minlashda fond hukumat idoralariga tayanadi. Xorijdan, jumladan Rossiyadagi vatandoshlardan pul tushganida, masalan, fond ularning kim ekanini biladi.

"Saxovat Namangan" biror diniy tashkilot, jumladan “Vaqf” fondi yoki Muftiy idorasi bilan bog’liq emas. Rajabboyev uning alohida, mustaqil jamoat fondi ekaniga urg’u beradi.

Uy-joy qurish, tibbiy yordam va oziq-ovqat ta’minoti – "Saxovat Namangan" hozirda shu uch yo’nalishda faol. Hammasi xayriya qilingan materiallar va mablag, beg’araz sarflangan vaqt va bilim, ko’ngilli mehnat va eng muhimi muruvvat mahsulidir, deydi tashkilot rahbari.Fuqaro jamiyati - fuqarolarning og‘irini yengil qilish uchun fuqarolarning o‘zidan chiqqan faollar va ular olib boradigan tashabbuslar va dasturlar. Odamlarni qiynayotgan masalalar bilan mahalliy ravishda kurashadigan, hokimiyatga muammolarni eslatib turadigan, ularga yechim izlashda yordamlashadigan, ammo mustaqil faoliyat yuritadigan muassasalar.

O‘zbekistonda fuqaro jamiyati azaldan zaif va cheklangan, degan qarash xalqaro maydonda keng, chunki mamlakatda nohukumat tashkilotlar aslida hukumat iznida va erkin ishlamaydi, deya tahlil qilinadi.

Namangan viloyatimiz. O‘zbekistonning bu qismida fuqaro jamiyati nimalar bilan mashg‘ul ekaniga qiziqib, qisqa muddatda xalq og‘ziga tushgan bir tashkilot bilan tanishdik. "Saxovat Namangan" xayriya jamoat fondi. Uni yurituvchilarga ko‘ra, sahovatpeshalik va insonparvarlik mehr-oqibat va iymondandir.

Fond yuzlab boquvchisiz oilalar uchun qurayotgan uylarning poydevori ayollar ehson qilgan tillalardan, deya hikoya qiladi uning rahbari Ma’rufxon Rajabboyev. Namanganda imom sifatida ham tanilgan Rajabboyev tashkilotning vasiylar kengashi raisi. Xayriyada onalar hamisha o’rnak, deydi u.

Xayriya qilganlarning kim ekani ochiq aytilmaydi, chunki ularning o’zi buni ma’qul ko’rmaydi. Ammo, Rajabboyevning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, ularning kim ekani obdon tekshiriladi. Fondlardan egri maqsadlar uchun foydalanishga harakat qiladiganlar hamisha bor. Manbalar xavfsiz ekanini ta’minlashda fond hukumat idoralariga tayanadi. Xorijdan, jumladan Rossiyadagi vatandoshlardan pul tushganida, masalan, fond ularning kim ekanini biladi.

“Saxavot Namangan” biror diniy tashkilot, jumladan “Vafq” fondi yoki Muftiy idorasi bilan bog’liq emas. Rajabboyev uning alohida, mustaqil jamoat fondi ekaniga urg’u beradi.

Uy-joy qurish, tibbiy yordam va oziq-ovqat ta’minoti – “Saxavot Namangan” hozirda shu uch yo’nalishda faol. Hammasi xayriya qilingan materiallar va mablag, beg’araz sarflangan vaqt va bilim, ko’ngilli mehnat va eng muhimi muruvvat mahsulidir, deydi tashkilot rahbari.