Afg'onistonga kelin bo'lgan amerikalik qiz Kobulni qanday tark etdi?

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Kaliforniyalik 25 yashar Nasriya iyunda Kobulga borib, afg’onistonlik qallig’i bilan turmush qurgan edi.

Kutilmaganda Tolibon poytaxtni egallab olgach, yangi kelinchak oilasi bilan aeroportga shoshildi. Ammo toliblar ularning yo’lini to’sdi.

“Amerika pasportini ko’rsatsam ham bizni o’tkazishmadi”, - deydi u yerdagi vaziyatni tasvirga olgan Nasriya.

“Hatto boshimga miltiq tirashdi. Askarlarimiz darvoza oldida kelishimizni kutib turgan edi. Tolibon esa yo’limizni to’sdi. Bir payt ulardan o’tib olib aeroportga qarab tez yura boshladim. Ular esa oyog’imning tagiga o’q uzishdi. Agar ortga qaytmasam, meni o’ldirishlarini aytdi”, - deya eslaydi Nasriya.

Uning aytishicha, AQSh kuchlari Kobulni tark etishi bilan Tolibon amerikaliklarni qidirishga tushgan.

“Uyga qayta olamanmi yoki shu yerda yashaymanmi? Balki shu yerda o’lib ketarman? Endi nima bo’ladi, degan savollar girdobida qoldim”, - deydi u.

Nasriya uch haftaga yaqin yerto’lada yashirinib yotdi. Bu orada amerikaliklar uni qutqarish choralarini ko’rdi.

Nihoyat Davlat departamenti maxsus reys orqali uni Doxaga olib keldi. Urush veteranlari guruhi esa Los-Anjelesga uchadigan samolyotga bilet olib berdi. Nasriya bugun o’z uyida. U barcha yordam berganlardan minnatdor ekanini aytadi.