“Tolibon mafkurasida san’atga o’rin yo’q. Toliblar san’at va madaniyatning mamlakatga qanday foydasi tegishi yoki umid bag’ishlashi mumkinligini tasavvur qila olmaydi”, - deydi rassom Omaid Sharifiy.
Omaid Sharifiy “ArtLords” harakati asoschisi. Tashkilot Kobulni ko'cha san'ati markaziga aylantirishni maqsad qilgan edi. Bu ishga oddiy afg’onlarni ham taklif etgan.
“Suratlar ayollarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish, poliomielit va shu kabi sog’liqni saqlash masalalari, afg’on xavfsizlik kuchlarini qo’llab-quvvatlash, tinchlik va boshqa mavzular bo’yicha xabardorlikni oshirish uchun tushirilgan edi. Endi Tolibon kelganida esa, Kobul va boshqa viloyatlardagi suratlar o’chirilmoqda”, - deydi boshqa bir rassom Negina Azimiy.
Tolibon 20 yil avval mamlakatni boshqarganida sa’natning barcha turini taqiqlagan edi. Hozir guruh 20 yil avvalgi Tolibon emasligini aytayotgan bo’lsa-da, afg’on san’akorlari hech narsa o’zgarmaganini bildiradi.
Ba’zi san’atkorlar mamlakatni tark etdi. Ba’zilari qoldi, ishini davom ettira olishiga umid qilmoqda.
“Ayni damda Afg’onistondaman, hozircha muammolarim yo’q. To’g’ri, huquqlarimdan mahrumman. Lekin uydan ishlayapman. Afg’onistonda vaziyat yaxshilanadimi, kuzataman. Bu vatanimiz, shu yerda bo’lishim kerak, xizmat qilishim kerak. Aks holda ketishga majburman”, - deydi Fotima Vojohat ismli rassom.
Ba’zi odamlar ijobiy o’zgarishlarga umid qilayotgan bo’lsa-da, hozircha Kobul oq va qora ranglarga burkanmoqda.