AQSh "Islomiy davlat"ning Afg'onistondagi bo'linmasiga aloqador bir guruh shaxslarga moliyaviy sanksiyalar e’lon qildi.
Davlat departamenti dushanba kuni "IShID-Xuroson" guruhining yuqori martabali rahbarlari Sanaulloh G'afariy, Sulton Aziz A'zam va Mavlaviy Rajabni "Maxsus ro’yxatga olingan global terrorchilar" ro'yxatiga kiritdi.
Sanaulloh yoki Shahab al-Muhojir nomi bilan ham tanilgan Sanaulloh G‘afariy 2020-yilning may oyidan beri “IShID-Xuroson” guruhini boshqarib keladi.
Joriy yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining terrorizmga qarshi kurash boʻyicha rasmiylariga AQSh tomonidan taqdim etilgan razvedka maʼlumotlariga koʻra, Gʻafariy Kobul hududidan turib faoliyat yuritib kelgan va shaharda guruhning ko’plab yashirin tarmoqlari tashkil etilgan.
Bundan tashqari, dushanba kuni AQSh Moliya vazirligi Ismatulloh Xalozayni IShIDning Afg‘onistondagi sho‘basi, ya’ni “IShID-Xuroson”ning yuqori martabali moliyachisi deb e’lon qilib, unga nisbatan sanksiya qo‘ydi.
Buni ham ko'ring AQSh IShIDga yordam bergan bir necha shaxsga sanksiya qo'lladiMoliya vazirligi bayonotiga ko'ra, Xalozay "IShIDning yuqori martabali rahbariyati uchun missiyalarni bajargan" va u "Afg'oniston va mintaqada keskinlikni kuchaytirishga intilayotgan xorijiy jangchilarning harakatlanishiga ko'maklashish" uchun ham javobgardir.
G'aznachilik rasmiylarining aytishicha, Xalozay oxirgi paytlarda Turkiyadan pul o'tkazish sxemasini boshqargan va bundan avval Birlashgan Arab Amirliklarida hashamatli buyumlarni qayta sotish orqali “IShID-Xuroson” uchun pul yig'gan.
2020-yilning birinchi yarmida AQSh va Tolibon bosimi ortidan o‘z hududiy istehkomlaridan siqib chiqarilganiga qaramay, “IShID-Xuroson”ning ta’siri o‘tgan yilning avgust oyida AQSh Afg‘onistondan o‘z kuchlarini olib chiqib ketgandan beri sezilarli darajada o‘sgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi bosh diplomati o‘tgan hafta “IShID-Xuroson” mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida mavjud bo‘lib, faollashib borayotgani haqida ogohlantirdi.
AQShning yuqori darajadagi mudofaa va razvedka mulozimlariham terror guruhi olti oy ichida dunyo bo'ylab AQSh va G'arb manfaatlariga hujum qilish qobiliyatini qayta tiklash salohiyatiga ega ekanini ta’kidlagan edi.
AQSh rasmiylarining hisob-kitobiga ko'ra, "IShID-Xuroson" ixtiyorida hozir kamida 2000 muntazam jangari bor. Ular, asosan, mamlakat bo'ylab turli yashirin tarmoqlarga biriktirilgan.
Xalqaro terrorizmga qarshi kurash rasmiylari va mustaqil ekspertlar ham “IShID-Xuroson” xorijlik jangarilardan qo‘shimcha quvvat olishi mumkinligidan xavotir bildiradi.
Tolibon Afg‘onistonni egallab olganidan so‘ng aniqlangan razvedka ma’lumotlariga ko’ra, IShIDning mintaqadan tashqaridagi tarafdorlari Afg‘onistonga borib, u yerdagi guruh janglariga qo‘shilish istagida ekanini bildirgan.