Afg’onistonda Tolibon hokimiyatni egallaganidan beri ishsizlik va qashshoqlik ko’lami yanada oshgan. Hozirgi vaziyat bois minglab odam mamlakatni tark etmoqda. Aholi iqtisodiy vaziyat juda og’ir ekanidan noliydi. Ramazon oyida narxlar yanada oshgan.
“Tavajjuhsizlik sabab bu yil narxlar ancha oshgan, odamlarning iqtisodi zaif”, - deydi Ne’matullah ismli do’kondor.
Your browser doesn’t support HTML5
“Ishsizlik sabablaridan biri rejim o’zgarganidir. Davlat almashdi. Xorij bilan aloqalar uzildi”, - deydi shibirg’onlik Mavliddin.
Tolibon hukm surayotgan ushbu zaminda oziq-ovqat va yoqilg’i narxi kundan kunga oshib bormoqda. Buning ustiga qurg’oqchilik ro’zg’or o’tkazishni qiyinlashtiryapti.
Ayni damda Ukrainadagi urush ta’siri Afg’onistongacha yetib kelgan. Afg’onistonga nisbatan xalqaro e’tibor susaygan.
“Afg’oniston qashshoq mamlakat. Har yerda urush bo’lsa, bizda narxlar oshadi. Falonchi joyda urush bor deydilar”, - deydi Muhammad Nasim.
Afg’oniston hozirgi hukumati dunyo bilan iqtisoodiy va siyosiy aloqalarni tiklashi kerak. AQShda muzlatilgan Afg’oniston mablag’lari ozod etilishi lozim. Ayni holda oilaviy biznes rivojlantirishi kerak.
“Ukrainada urush boshlanganidan beri yordamlar kamaygan. Xalqaro hamjamiyat tomonidan tavajjuh bo’lmayapti”, - deydi Jaloliddin.
“Rossiya tomonlardan mahsullar [mahsulotlar] kelar edi. Hozir to’xtab qolgan”, - deydi Ahmad Navid.
Iqtisodchi Atiqullah Matin nazarida, bir qator ichki va tashqi omillar sabab Afg’oniston og’ir vaziyat bilan yuzlashmoqda:
“Tolibon kelishi bilan yuzlab savdogarlar Afg’onistonni tark etdi, boshqa davlatlarda sarmoya yotqizishdi. Ayni holda mamlakatning 9 milliard dollari AQShda muzlatildi. Fabrikalar faoliyati to’xtab qolgan. Natijada minglab odam o’z ishini yo’qotgan”.
Afg’oniston doim xorijiy mahsulotlarga tayanib kelgan. Ichki tadbirkorlik va qishloq xo’jaligi mahsulotlari o’z o’rnini topa olmagan.
“Afg’oniston hozirgi hukumati dunyo bilan iqtisoodiy va siyosiy aloqalarni tiklashi kerak. AQShda muzlatilgan Afg’oniston mablag’lari ozod etilishi lozim. Ayni holda oilaviy biznes rivojlantirishi kerak”, - deydi iqtisodchi Atiqullah Matin.
Xalqaro hamjamiyat va insonparvar tashkiotlar Afg’onistonga yordam jo’natar ekan, bu ko’makning katta qismi muhtoj oilalarga yetib bormayotgani aytiladi. Tolibon rasmiylari bunday yordamlarni o’z yaqinlari bilan baham ko’rayotgani iddao qilinmoqda. Toliblar bunday iddaolarni rad etib keladi.