Yaqin kelajakda DNK qattiq disklar o’rnini bosishi mumkin. Dunyoda tobora ortib borayotgan raqamli mahsulotlarni qayerda saqlash muammosiga bir yechim bu.
Dunyoda har kuni millionlab gigabayt ma’lumot yaratiladi. Bu miqdor geometrik progressiyada o’sib bormoqda. Tadqiqotchilarning aytishicha, bir necha o’n yildan keyin hozirgi texnologiyalar bilan ularni saqlash imkonsiz bo’ladi.
Sabab – ma’lumot fermalarining energiya sarfiyati yuqoriligi, asosiy resurslar kamayib borayotgani, qattiq disk va shu kabi boshqa vositalarning umri qisqaligi.
Your browser doesn’t support HTML5
Xalqaro tadqiqotchilar konsorsiumi ko’rib chiqayotgan yechimlardan biri – DNK, ma’lumot saqlashning eng qadimgi shakli.
“DNK, birinchidan, nihoyatda zich, kichik joyga ko’p ma’lumot sig’adi. Internetdagi barcha ma’lumotni DNKga joylasangiz, poyabzal qutisiga sig’ishi mumkin”, - deydi biology Jeff Nivala.
Raqamli ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladigan DNK laboratoriyada sintez qilinadi, lekin mohiyatan mavjudotlarning genetik ma’lumotini saqlovchi ayni molekula haqida gap ketmoqda.
“Nihoyatda bardoshli. To’g’ri saqlansa, DNK minglab, balki millionlab yilga yetadi”, - deydi Nivala.
Tadqiqotchilarga ko’ra, DNK media format sifatida eskirishi gumon, chunki insoniyatning genlar majmuasiga qiziqishi so’nmaydi.
Buni ham ko'ring Geni o'zgartirilgan oziq-ovqat: ijobiy va salbiy jihatlari nimada?“Genetiklar hamisha bo’ladi, chunki o’z DNKmizni o’rganishga qiziqish bor. Raqamli ma’lumotlarni o’qish imkoniyati ham bo’ladi”, - deydi “Microsoft” kompaniyasi tadqiqotchisi Karin Strauss.
San-Fransiskodagi “Twist Bioscience” kompaniyasi DNKni turli maqsadlar uchun sintezlaydi. Raqamli axborotni DNKga aylantirish jarayonini avtomatlashtirgan va kichraytirgan.
Birlar va nollardan iborat raqamli ma’lumotlarning kodini A, C, G va T deb nomlanuvchi to’rtta kimyoviy birikmadan iborat genetik kodga aylantirish mumkin.
“DNKni yozish jarayoni to’rtta idishdan boshlanadi. Rangli printerdan foydalanishga juda o’xshaydi. Nollar va birlardan tashkil topgan faylingiz bor. Kompyuterda bu raqamlarni A, C, G va T ga o’girasiz. Keyingi qadam – bu harflarni kremniyga tushirish, ya’ni A, C, G va T ni 3D formatda kremniyda bosib chiqarish”, - deydi “Twist Bioscience” rahbari Emili Lepraust.
So’ngra kelajakda kremniy chipidagi ushbu DNKni qayta raqamli ma’lumotga o’girish mumkin.
Texnologiyani tanishtirish maqsadida kompaniya va uning hamkorlari Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyani, jazz festivalini hamda “Netflix”dagi bir shouni DNK ko’rinishida arxivladi.
Hozirda bu jarayon bir megabayt uchun 1000 dollar turadi, ammo keyinchalik arzonlashadi.
“Keyingi chipga 256 million emas, 3 milliard, undan keyingisiga 3 milliard emas, 50 milliard DNK bo’lagi sig’adigan bo’ladi”, - deydi Lepraust.
Molekula ichida bir dunyo ma’lumot.