Rossiyalik jurnalist Marina Ovsyannikova Ukrainadagi urushga qarshi jonli efir payti namoyish o’tkazishi ortidan Rossiyada keskin qolalangan, dunyoning boshqa qismlarida esa qahramon sifatida olqishlangan edi.
Oradan uch oy o‘tib, hozir quvg‘inda yashayotgan 43 yoshli Ovsyannikova hanuz Rossiyaga qaytishdan qo‘rqadi.
Ammo u Ukraina va G'arb o’rtasidagi axborot urushi markazida qolib ketganini ham aytadi. Uni Rossiya uchun josuslikda ayblayotganlar ham bor.
"Bu men uchun juda og'ir vaziyat. E'tirozimdan keyin bunday narsalar bo’lishini kutmagandim”, - deydi u Germaniyaning Berlin shahrida “AFP” agentligiga bergan suhbatida.
Onasi rus, otasi ukrainalik va o’zi Odessada tug‘ilgan Ovsyannikova mart oyigacha Rossiyaning “Birinchi” telekanalida muharrir bo‘lib ishlagan.
Keyin u butun dunyo bo'ylab sarlavhalarga sabab bo'lgan antiqa namoyish o’tkazdi. Ingliz tilida "Urush yo'q" deb yozilgan plakatni ko’tarib, telekanalning "Vremya" (Vaqt) deb nomlangan jonli kechki yangiliklar ko’rsatuvida suxandon orqasida paydo bo’ldi.
Bu davlat ommaviy axborot vositalari qattiq nazorat qilinadigan Rossiyada juda noodatiy hodisa edi.
Germaniyadagi ish
U namoyish ortidan 14 soat davomida hibsga ushlab turildi. Unga nisbatan 280 dollar miqdorida jarima qo’llandi.
Bu tarzdagi norozilik ortidan Ovsyannikova G'arb tomonidan qahramon sifatida e'tirof etildi va hatto Germaniyaning “Die Welt” gazetasining mustaqil muxbiri sifatida yangi ish topdi.
“Die Welt” matbuot kotibining “AFP”ga aytishicha, Ovsyannikova hozir gazetada ishlamayapti.
Tahririyat manbalariga ko'ra, kelishuv kundalik ish jarayonlari nimalardan iborat bo’lishi aniq bo’lmagani bois hamkorlik to’xtatilgan.
Iyun oyi boshida Ovsyannikova Ukraina urushini yoritish maqsadida Ukrainaga bordi.
Buni ham ko'ring Nobel sovrindori: Rossiyada xalq va hukumat alohida qonunlar ostida yashaydi“Men rus xalqiga Buchada nimalar bo‘layotganini ko‘rsatmoqchi edim... Rossiya xalqiga Ukrainada nimalar bo‘layotganini tushuntirish uchun, ehtimol [Ukraina prezidenti Vladimir] Zelenskiy bilan intervyu olmoqchi edim”, - dedi u.
"Mutlaq vakuum"
"Ruslar hozir mutlaq bo'shliqda yashamoqda. Ularda haqiqiy ma'lumot yo'q, chunki hozir Rossiyadagi barcha mustaqil ommaviy axborot vositalari bloklangan, faqat Kreml tomondan uzatiladigan ma'lumot bor", - deydi jurnalist.
Ammo uni hali ham Rossiya uchun yashirin ishlayotganlikda gumon qiladigan tanqidchilar bor.
"Ukrainaliklar uning to'satdan yuragi o'zgarganiga ishonmaydilar", deb yozdi ukrainalik jurnalist, Yevropa siyosatini tahlil qilish markazining norezident tadqiqotchisi Olga Tokaryuk “Twitter” sahifasida.
U Ovsyannikovaning urush zonasidan yuborgan xabarlarini "manipulyatsiya, noto'g'ri va homiylik asosida" qilinganini da’vo qildi.
Ovsyannikova bolaligining katta qismini bo‘lginchi Checheniston viloyati poytaxti Grozniyda o‘tkazgan.
Buni ham ko'ring Nyu-Yorkda Erkin matbuot markazi ochildi"Bolaligimda Grozniyda uyim vayron bo'lgan. Shu bois, ukrainalik ayollar va bolalarning his-tuyg'ularini tushunaman," - deydi u.
"Ukrainalik odamlar urushga qarshi norozilik bildirayotgan yaxshi ruslar ham borligini tushunishlari uchun bir necha oy kerak bo'ladi", - deya qo’shimcha qiladi u.
O'zining kelajagi haqida gapirar ekan, u yangi ish qidirayotganini aytadi. Ammo hozircha Rossiyaga qaytish haqida o’ylayotgani yo’q.