Avgust oyining dastlabki ikki haftasi Indoneziyada o’tkazilgan “Super Garuda qalqoni” harbiy mashqlarida 14 davlat, jumladan, Indoneziya va AQShdan 5000 dan ortiq askar ishtirok etdi.
AQShga ko’ra, har yili o'tkaziladigan bu mashg'ulotlar hozirda Hind-Tinch okeani mintaqasida eng ko’p davlat ishtirok etadigan qo'shma mashg'ulotlardan biri hisoblanadi.
Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari harbiy mashg'ulotlarni tanqid ostiga olib, AQShni Hind-Tinch okeani mintaqasida "NATOga o'xshash" ittifoq tuzishga urinishda aybladi.
Harbiy mashg'ulotlar AQSh va Xitoy o'rtasidagi keskinlik kuchaygan va Pekin bo'lginchi provinsiya deb hisoblovchi Tayvanga AQSh Kongressi a’zolarining munozarali tashrifi yuz bergan bir paytda bo'lib o'tdi.
Buni ham ko'ring Kongress a'zolari yana Tayvanda, Xitoy harbiy mashqlar o'tkazadi“Ikki va undan ortiq davlat oʻrtasidagi Garuda qalqoni kabi murakkab harbiy mashqlarni rejalashtirish juda uzoq vaqt talab etadi. Demak, bu Tayvan bo‘g‘ozi inqirozi vaqtida yuz bergani haqiqatan ham tasodifdir”, - deydi AQSh Tinchlik instituti eksperti Brayn Xarding.
Harbiy mashg'ulotlar uchta joyda, jumladan, Xitoy va mintaqaning bir necha davlati o’rtasida tortishuvlarga sabab bo’lgan bahsli orollarga yaqin hududda o’tkazildi.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Indoneziya o'zining eng yirik savdo sherigi Xitoy va yana bir yaqin ittifoqchisi AQSh bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga urinmoqda.
Sovuq urush davrida ham Jakarta "erkin va faol" siyosat deb nomlangan betaraflik siyosatini olib borgan edi.
"Erkin va faol tashqi siyosatning kontekstual talqini shundan iboratki, Indoneziya o'zining milliy manfaatlarini ko'zlab, dunyo tinchligiga hissa qo’shadigan o'z qarorlarini qabul qilishi mumkin", - deydi ekspert Agus Vidjojo.
Buni ham ko'ring AQSh yashil energiya bo'yicha Xitoyga bog'liqlikni kamaytirmoqchiIndoneziya hanuz rasmiy harbiy ittifoqlarga qo’shilmaslik siyosatini davom ettirayotgan bo’lsa-da, u AQSh, Yaponiya, Hindiston va Avstraliyadan tashkil topgan yangi xavfsizlik guruhi, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya o'rtasidagi harbiy uyushma hududiy mintaqasida joylashgan.
Qo'shma Shtatlar mintaqada Filippin, Tailand va Avstraliya bilan ham harbiy mashg’ulotlar o’tkazgan.
“Ushbu qoʻshimcha guruhlar, xoh ular rasmiy yoki norasmiy boʻlsin, menimcha, mintaqa mamlakatlari umumiy manfaatlar va qadriyatlarga ega ekanini ko’rsatadi”, - deydi tahlilchi Jo Felter.
Bayden ma'muriyati mintaqaga katta sarmoya ham kiritmoqda. O‘tgan yili fevral oyida Oq uy mintaqadagi milliy xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Indoneziyaga qariyb 14 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotishni, shu jumladan, 36 ta “F-15” qiruvchi samolyotlari savdosini ma’qulladi.