Bayden AQSh xalqidan demokratiyani qadrlashni so'ramoqda

Your browser doesn’t support HTML5

AQShda Kongress va mahalliy hokimiyatlarga saylovlar yaqinlashar ekan, Prezident Jo Bayden fuqarolardan sergak turib, erkinlik va qonun ustuvorligini qadrlashni so'ramoqda. Davlat rahbari poytaxt Vashingtondagi tarixiy vokzaldan turib, xalqqa murojaat qilar ekan, Amerika Amerika bo'lishi uchun ikki yarim asrdan oshiq davr qattiq ter to'kilgan, dedi. Bayden nazarida AQSh demokratiyasiga sobiq prezident Donald Tramp, u boshliq to'da, "ular tarqatayotgan yolg'onlar va targ'ib qilayotgan zo'ravonlik jiddiy tahdid solmoqda".