19-dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb Rossiyani izolyatsiya qilishning uddasidan chiqa olmaganini aytdi.
"Bu urinishlar befoyda. G'arblik hamkasblarimizning behuda harakatlari hech qanday amaliy natija bermadi", - dedi Lavrov.
Bu ma'lumot qanchalik haqqoniy?
Ha, Rossiya hanuz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining aʼzosi.
Ammo BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralovchi bir qator rezolyutsiyalarni ovozga qo’ydi.
Buni ham ko'ring Putin MDH liderlarini sarhisob uchun Sankt-Peterburgga yig'diShimoliy Koreya va Suriya kabi G'arb sanksiyalari ostidagi sanoqli davlatlardan tashqari BMTning aksariyat a’zolari Rossiyani Ukraina urushi tufayli bir ovozdan qoralamoqda.
Rossiya “Katta yettilik” deb nomlanuvchi dunyodagi yetakchi davlatlar guruhidan ham quvilgan.
Mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Indoneziyaning Bali shahrida boʻlib oʻtgan dunyoning iqtisodiy jihatdan eng kuchli “Katta yigirmalik” davlatlari yetakchilarining norasmiy yigʻilishida qatnashmadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Bu sammitdan bir oy oldin G‘arb Putinning ishtirokini xushlamasligini bildirgan edi. “Katta yigirmalik” anjumani 16-noyabr kuni Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralash bilan yakunlandi.
Rossiya, bundan tashqari, yana ko’plab xalqaro tashkilotlardan chetlashtirilgan. Iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan yakkalab qo’yilgan.