AQSh bo’ylab tubjoy aholiga oid sport ramzlaridan foydalanish tobora kamayib bormoqda. Nyu-York shtati yaqinda maktablarda bunday ramz va tasvirlardan foydalanishni taqiqladi. Buni allaqachon qilish kerak edi, deydi faollar.
So’nggi yillarda Amerika hindular muzeyiga tashrif buyuruvchilar soni ko’paymoqda. Hindularga oid sport ramzlarini taqiqlashning bunga aloqasi bor, deydi muzey kuratori Pol Chat Smit.
“2020-yil bir nechta professional futbol jamoasi o’z ismini o’zgartirishga qaror qilgandan keyin tub burilish yuz berdi. Vashingtondagi Klivlend hindulari jamoasi o’zini Qo’mondonlar deb atay boshladi”, - deydi Vashingtondagi muzey rasmiysi.
Amerika hindulari Milliy kongressi ma’lumotiga ko’ra, AQShda ikki mingga yaqin xususiy va davlat maktablari hanuz hindularga oid ism va ramzlardan foydalanadi.
“Bu bizni kamsitadi, boshqa hech bir etnik guruhga nisbatan bunday qilmaysiz-ku, desangiz, odamlar eshitadi. Lekin amalda ular hech qanday tahqirlovchi yoki ayirmachi ish qilmayapti, shu bois muhokama biroz ziddiyatli”, - deydi Smit.
Buni ham ko'ring Tub aholi vakili AQSh xazinachisi bo'ldiHindular uyushmasiga ko’ra, 21 dan ortiq shtat hindularni ramz qilib ishlatishni taqiqlagan yoki shunga yaqin chora ko’rgan. Noyabrda Nyu-York shtat ta’lim departamenti ham shunday qaror qabul qildi.
Tadqiqotlarda bunday nomlar o’quvchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilishi aniqlangan.
“Bu narsa tub amerikalik o’quvchilarda o’z milliy madaniy o’zligini rivojlantirishga to’siq bo’lgan. Bitirish, ish bozoriga qo’shilish kabi uzoq muddatli natijalarga ham bu ta’sir qiladi”, - deydi Nyu-York Maktab psixologlari assotsiatsiyasi rasmiysi Xristofor Van Houten.
Nyu-York shahar maktablari 20 yil avval hindu ramzlaridan voz kechishga ko’ngilli tarzda chorlangan edi. Enu bu majburiy buyruqqa aylandi. Agar maktablar ramzlardan voz kechmasa, moliyaviy yordam uziladi.
Kembrij Markaziy maktab okrugi o’z logosidan hindular tasvirini imkon qadar yashirishga urinishini, ammo shtat qaroriga qarshi huquqiy kurashni davom ettirishini e’lon qildi.
Mohonasen maktab okrugining logosida uch hindu qabilasi aks etgan va uning sport jamoasi “Jangchilar” deb ataladi. Okrug rasmiylariga ko’ra, bunday qarorlarni qabul qilishdan oldin jamoatchilik bilan maslahatlashish kerak.
“Bu o’zgarishlarni amalga oshirish katta vaqt va mablag’ talab qiladi. Maktab okrugi sifatida bizda buncha pul yo’q”, - deydi Mohonasen ta’lim kengashi prezidenti Ueyd Abbot.
Buni ham ko'ring Izlanish: AQSh hukumati tub aholini assimilyatsiyaga majburlaganBa’zi maktablar nomini yana bir mavsum saqlab qolishi mumkin, chunki hindu qabilalari shunga rozilik bildirgan. Masalan, Sagina Chippeva qabilasi Markaziy Michigan universitetiga o’z ismini qo’llashga ruxsat bergan.
“Bu qabilalar ortidagi tarix, ularning bu mintaqaga ko’rsatgan ta’siri – bularning barchasi taxallus sifatida nomimizni qo’llashga oid muhokamalarda muhim ahamiyatga ega”, - deydi qabila vakili Erik Rodrigez.
Ammo endi ortga yo’l yo’q. Syuzan Shoun Harjo kabi faollarga ko’ra, hindular nomidan foydalanishni allaqachon taqiqlash kerak edi.
“Ramz, ism, tasvir yoki ramziy ma’nolar muammoning ildizi emas, asosiy muammo bu irqiy ustunlik, bir guruhning ikkinchi guruhdan afzalligini da’vo qilishidir”, - deydi Harjo.
Your browser doesn’t support HTML5
Tub amerikaliklarga aloqador ramzlardan foydalanish federal darajada taqiqlanmagan.
Ammo Ichki masalalar vaziri, tub aholiga mansub Deb Halend tahqirlovchi ismlarni o’zgartirish bo’yicha buyruqlar bergan.
Masalan, hindu ayollarga nisbatan jinsiy tahqirlovchi atama sifatida qo’llangan so’z 650 ga yaqin geografik joy nomidan olib tashlandi. Vazir Halend Nyu-Meksikodagi Laguna Pueblo qabilasiga mansub.