Polat Shamshetov hukmdan keyin: O'zbekistonga qarshi chiqmaganman
Your browser doesn’t support HTML5
Ozod etilganlar sud adolatli o’tdi desa, qamoqda qolayotgan qoraqalpoqlarning yaqinlari "qani adolat", deya nola qiladi.
31-yanvar kuni Buxorodagi sud zalida olti yilga hukm qilingan Po’lat Dauletbayevich Shamshetov 4-fevral kuni vafot etdi. Shamshetov o’pka arteriyasi trombemboliyasi, o’tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida jon bergan. Bu – sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasi.
Hukmga ko'ra, Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, o‘zi ham ularda faol ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan. U va uning advokati sud davomida bu ayblovni inkor etgan.
Bu kun biz sud zalida ozod etilganlardan to’rt nafari, panjara ortida qolayotganlardan esa uch nafari bilan gaplashishga muvaffaq bo’ldik. Shamshetov - ulardan biri. Suhbatning biror joyi qirqilmasdan, boricha havola etilmoqda.