Bu hafta Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2 iyul kunlari Nukus va uning atrofida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar shaxs ustidan sud jarayoni boshlandi. O'zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Obidovning aytisicha, jarayon ochiq va shaffof o'tadi. Demak, jurnalistlar, blogerlar va ularning kameralariga ruxsat berilishi kerak.
Mahkamaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raislik qilmoqda.
Ayblanuvchilarning birortasi xavfsizlik organlarining vakillari emas. Xalqaro tashkilotlar va O'zbekistonga hamkor davlatlar, jumladan AQSh adolatni ta'minlash uchun iyul voqealarida safarbar etilgan tizimlarning rahbarlari va xodimlari ham javobgarlikka tutilsin, deya undab kelmoqda.
Sudlanuvchilarning barchasi bir necha oydan beri qamoqda. Quyida ular haqida qisqacha ma'lumot va ular yuzlashayotgan ayblovlar:
- Alimbay Mirzambetov, 1979-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022 yil 2-iyul kuni Chimboy tumanida to‘plangan odamlarga ovoz kuchaytirish moslamalari orqali Dauletmurat Tajimuratov lider ekanligi, uni ozod qilish va Qoraqalpog‘istonga bosh etish lozimligini ma’lum qilib, ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilganlikda ayblanmoqda.
- Dauletkeldi Nadirbaev, 1988-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, AT “Xalq banki” Taxtako‘pir filiali yuristi. 2022-yil 2-iyul kuni Taxtako‘pir tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilganlikda ayblanmoqda.
- Kamal Eshjanov, 1999-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 2-iyul kuni Qonliko‘l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to‘xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilganlikda ayblanmoqda.
- Muratbay Pirlepesov, 1978-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibdagi tadbirkor. 2022-yil 2-iyul kuni Qonliko‘l tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini to‘xtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilganlikda ayblanmoqda.
- Adilbek Sariev, 1985-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, ularga yetakchilik qilganlikda ayblanmoqda.
- Nusret Bauetdinov, 1970-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 2-iyul kuni Qonliko‘l tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda yetakchilik qilganlikda ayblanmoqda.
- Alisher Sharapov, 1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishchi. 2022-yil 1-2 iyul kunlari Qorao‘zak tumanidan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularda faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Ongarbay Mamutov, 1966 yilda-tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, 2-guruh nogironi. 2022-yil 2-iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilganlikda ayblanmoqda.
- Zamirbek Tadjimuratov, 1988-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 1-iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, Dauletmurat Tajimuratovni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan himoya qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Timurbek Ismailov, 1997 yilda-tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, 12-sonli maktab o‘qituvchisi. 2022-yil 2-iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda odamlarni Jo‘qorg‘i Kenges va Nukus xalqaro aeroportini bosib olishga da’vat qilib, tartibsizliklarda faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Rasul Sultaniyazov, 1990-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Trans Less” MChJ ishchisi. 2022-yil 1-2 iyul kunlari odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Omirbek Kurbanov, 1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan. Ommaviy tartibsizliklarga da’vat qiluvchi videomateriallarni joylashtirib, 2022-yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Raximjan Jumabaev, 1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, taksi haydovchisi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yo‘llarni to‘sganlikda ayblanmoqda.
- Abzal Naurizbaev, 1996-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi Beruniy va A. Dosnazarov ko‘chalari chorrahasida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yo‘llarni to‘sganlikda ayblanmoqda.
- Nurmuxammed Genjebaev, 2004-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 2-iyul kuni Qonliko‘l tumanida ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, avtoshina yoqib, tuman hokimligi binosiga uloqtirganlikda ayblanmoqda.
- Islambek Aitmuratov, 1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qo‘ng‘irot vagon deposi vagon tekshiruvchisi. 2022-yil 2-iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda To‘rtko‘l guzari ko‘prigida “molotov kokteyli”dan foydalanib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyatiga qarshilik qilganlikda ayblanmoqda.
- Aydos Esemuratov, 1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 2-iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini o‘zboshimchalik bilan u yerdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib o‘tishga harakat qilganlikda ayblanmoqda.
- Kuanishbay Begaliev, 1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Trans yo‘l qurilish” MChJ haydovchisi. 2022-yil 2-iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini o‘zboshimchalik bilan u yerdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib o‘tishga harakat qilganlikda ayblanmoqda.
- Manas Raxmanov, 1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – o‘zbek, “Zarqand” qandolatchilik mahsulotlari korxonasi agenti. 2022-yil 1-iyul kuni Dauletmurat Tajimuratov huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlangan vaqtida uyiga odamlarni to‘plab, sektor rahbarlaridan uni qo‘yib yuborishlarini talab qilgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Amantay Seytmuratov, 1976-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 1-iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, Dauletmurat Tajimuratovni qo‘llab-quvvatlab, Jo‘qorg‘i Kenges raisi avtomashinasi ustida agressiv harakatlar sodir etganlikda ayblanmoqda.
- Polat Esengeldiev, 1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vagon kuzatuvchisi. 2022-yil 2-iyul kuni Qo‘ng‘irot tumanida odamlarni to‘plab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilganlikda ayblanmoqda.
- Oralbay Dosnazarov, 1977-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – o‘zbek, “Nizam ustinligi” AH advokati. 2022-yil 27-iyun kuni Nukus shahridagi “Toshkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlarni bo‘yicha e’tirozlari yuzasidan advokatlar yig‘ilishini o‘tkazgan hamda Dauletmurat Tajimuratov 2022-yil 1-iyul kuni ushlangan vaqtida ommaviy tartibsizlik ishtirokchilarini 2-sonli tergov hibsxonasiga to‘plab, Dauletmurat Tajimuratovni qo‘yib yuborilishini talab qilishga yetakchilik qilganlikda ayblanmoqda.
- Islam Polatov, 1999-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etib, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomateriallarni joylashtirib kelganlikda ayblanmoqda.
- Sharapat Ashirbekov, 1979-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. “Tajimuratov Dauletmurat” YouTube-kanaliga ma’murlik qilib, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomateriallarni joylashtirib kelgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Dao‘ranbek Ramanov, 1996-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. Dauletmurat Tajimuratovga yordamchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol yordam bergan va separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan videomateriallarni tarqatganlikda ayblanmoqda.
- Abdimalik Xojanazarov, 1974-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “El xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan. “El xыzmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib, separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maqolalar chop etgan hamda Dauletmurat Tajimuratovning topshirig‘iga asosan fuqarolardan konstitutsiyaga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflarni yig‘ib, axborot berib borgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Esimqan Qanaatov, 1981-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ishonch” gazetasi muxbiri. Separatizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan maqolalarni tayyorlab, ularni chop etgan, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etganlikda ayblanmoqda.
- Rustam Dosimbetov, 1985-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Kongratbay Bekpolatov, 1985-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Berdi-Trans” MChJ haydovchisi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Ruslan Baimbetov, 1988-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Davlet Trans” MChJ haydovchisi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Quanishbay Baxiev, 1988-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Islam Saparov, 1989-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Nuratdiyin Xabipov, 1992-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Milliy gvardiya Nukus shahar qo‘riqlash bo‘limi safdori bo‘lib ishlagan. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Zairbek Pirjanov, 1986-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus shahridagi Prezident maktabi haydovchisi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazganlikda ayblanmoqda.
- Nursultan Duysenbaev, 1998-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, mavsumiy ishchi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olganlikda ayblanmoqda.
- Nursultan Baylepesov, 1993-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, haydovchi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olganlikda ayblanmmoqda.
- Alpamis Jumabekov, 1994-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, mavsumiy ishchi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olganlikda ayblanmmoqda.
- Azamat Allanazarov, 1997-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yo‘nalishli taksi haydovchisi. 2022-yil 2-iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjag‘is” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olganlikda ayblanmoqda.
- Asilbek Omirzakov, 1991-yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan. Nukus shahrining 21-kichik tumani Beruniy ko‘chasida jamoat tartibini saqlayotgan ichki ishlar organi xodimlariga tan-jarohati yetkazib, birining cho‘ntagida bo‘lgan “SAMSUNG GALAXY A1” rusumli mobil telefon apparatini tortib olganlikda ayblanmoqda.
Facebook Forum