Breaking News

Nukus, Qoraqalpog'iston: Sud mustaqil emas, yuridik himoya zaif


Nukus, Qoraqalpog'iston: Sud mustaqil emas, yuridik himoya zaif
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:19 0:00

Nukus, Qoraqalpog‘iston: Yozdagi norozilik namoyishlaridan beri O‘zbekistonning bu hududida inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat qanchalik o‘zgardi? Huquqbuzarliklar, fuqarolarga nisbatan bosim, qolaversa korrupsiya hollari ozaydimi yoki kengaydi? Qo‘ng‘irotda tug‘ilib ulg‘aygan, Qoraqalpog‘istonda adolat va qonun ustuvorligini targ‘ib qilib tanilgan Azimboy Ataniyazov bilan suhbatdamiz. "Demokratiyadan boshqa yo‘l yo‘q", - deydi huquq himoyachisi. Qoraqalpog‘iston parlamenti , uning nazarida, nomigagina boshqaruv. Nukusda 1-2 iyuldagi qonli voqealarini taftish qilayotgan Oliy Majlis komissiyasi xalqqa va dunyoga haqiqatni olib chiqishi kerak, deya undaydi u, butun tuzumga ishonch yanayam pasayadi, xalq va hukumat orasidagi jarlik kengayadi. Qoraqalpog‘istondagi o‘ziga xos chigalliklar va muammolar, qolaversa butun O‘zbekistondagi tub masalalarni hal qilish uchun sistematik islohotlar suv va havodek zarur, deydi Ataniyazov. Sudlar mustaqil emas ekan, huquq tartibot tizimining o‘zi qonunlarni oyoqosti qilaveradi. "Odamlar orasida isyon hissi hamisha bo‘ladi va bundan qo‘rqmaslik kerak", - deydi huquq himoyachisi. "Qonunlar ishlasa, xalq ham, boshqaruv ham xotirjam bo‘ladi".

XS
SM
MD
LG