Qoraqalpog'istonda 2022-yilning 1-2 iyulida qonli voqealari yuzasidan Buxoroda bir oydan sal ochiq davom etgan sud ishi yakunlanib, bugun e'lon qilingan hukmda barcha ayblanuvchilar, ya'ni 39 qoraqalpoq aybdor deb topilgan. Ulardan 11 nafariga shartli jazo tayinlanib, sud zalida ozod etilgan.
Nukusdagi g'alayonlarda, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 21 odam kishi o'lgan. Qoraqalpog'ston Respublikasining maqomi O'zbekiston konstitutsiyasida o'zgartirilishiga keskin norozilik bir necha ming fuqaro ishtirokidagi sayldan to'polon va zo'ravonlikka aylangan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'istonga borib, aholiga bosh qomusning bu hududga doir qismi yangilanmaydi, deya va'da bergan. Shu yilning 30-aprelida o'tishi kutilayotgan referendumda ovozga qo'yilayotgan loyihada Qoraqalpog'iston borasida o'zgarish yo'q. U O'zbekiston tarkibidagi "suveren respublika" bo'lib qoladi.
31-yanvarda tugagan birinchi sudda o'tgan yilgi qon to'kilishlarda ayblangan 22 kishining hammasi aybdor deb qayd etilgan, olti nafari erkinlikni cheklash hukmi bilan qo'yib yuborilgan.
Shu kungacha jami 61 qoraqalpoq sudlanib, jazoga mahkum etildi, ammo ommaviy norozilikka turtki bergan tashabbuslar ortidagi odamlar javobgarlikka tortilmadi, degan shikoyat keng.
AQSh, BMT va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari adolat ta'minlansin va o'tgan yilgi voqealarda qonunni buzgan mutasaddilar va xavfsizlik organlari xodimlari ham tergov qilinib, sud oldida qilmishi uchun javob bersin, deya undab kelmoqda. Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi qoraqalpoq jurnalist va blogerlarni qo'yib yuborishga chaqirgan. Buxoroda 17-mart kuni jurnalist Esimqan Qanaatov ham bor. 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi bilan ozod etilgan.
Ishki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaning bildirishicha, uch kishi bu borada tergov ostida va hibsda, ammo sud qachon bo'lishi hozircha noma'lum.
Oliy sud bayonotiga ko'ra, bugungi hukm quyidagilardan iborat:
Islam Polatov Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil;
Polat Esengeldiev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil;
Kamal Eshjanov va Islambek Aitmuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil;
Nursultan Baylepesov va Alpamis Jumabekov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil;
Dauletkeldi Nadirbaev, Adilbek Sariev, Kongratbay Bekpolatov, Ruslan Baimbetov, Quanishbay Baxiev, Islam Saparov, Zairbek Pirjanov, Raximjan Jumabaev, Aydos Esemuratov, Kuanishbay Begaliev va Manas Raxmanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 7 yil;
Nusret Bauetdinov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 7 yil 6 oy;
Nursultan Duysenbaev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 7 yil 6 oy;
Rustam Dosimbetov, Nuratdiyin Xabipov va Zamirbek Tadjimuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil;
Azamat Allanazarov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil;
Asilbek Omirzakov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil;
Sharapat Ashirbekov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil;
Dao‘ranbek Ramanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 9 yil;
Omirbek Kurbanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 10 yil 6 oy;
Oralbay Dosnazarov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 11 yil ozodlikdan mahrum qilinadi.
Jazo muddatlari qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanib, 1 nafar sudlanuvchi qattiq tartibli koloniyaga, 27 nafari esa umumiy tartibli koloniyalarga yuboriladi.
Alimbay Mirzambetov, Muratbay Pirlepesov, Alysher Sharapov, Ongarbay Mamutov, Timurbek Ismailov, Rasul Sultaniyazov, Abzal Naurizbaev, Nurmuxammed Genjebaev va Amantay Seytmuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, 5 yilga erkinligi cheklanmoqda.
Abdimalik Xojanazarov va Esimqan Qanaatov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilganlarning dastlabki qamoqda o‘tirgan kunlari tayinlangan jazodan chegirilib, sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
Dosimbetov, Allanazarov, Duysenbaev, Baylepesov, Jumabekov, Bekpolatov, Baimbetov, Baxiev, Saparov, Xabipov va Pirjanovning aybidan dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi (ushbu harakatlar Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli) va Esengeldiev aybidan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topmaganligi sababli) chiqarilgan.
"Sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,5 milliard so‘mdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish, sudlanuvchilarga tegishli bo‘lib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi", - deyiladi yakuniy hujjatda.
Oliy sudning eslatishicha, hukmdan norozilar Qoraqalpog‘iston sudi orqali shikoyat qilishga, prokuror esa protest bildirishga haqli.
Facebook Forum