AQSh elchisi: Qoraqalpog'iston, Mirziyoyev, Demokratiya
"Amerika Ovozi" bilan eksklyuziv intervyuda AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Henik ikki davlat orasidagi bugungi prioritetlar va o'zining asosiy maqsadlarini tushuntirib berdi. Diplomat nazarida O'zbekiston ancha yangilangan, lekin demokratik taraqqiyot, siyosiy va iqtisodiy islohotlar uzoq vaqt va sidqidildan qattiq mehnat talab qiladi, deydi elchi. Farovon, shaffof va adolatli jamiyat qurishning yo'li uzun va murakkab. "Biz O'zbekiston demokratik jihatdan mustahkamlanib, inson huquqlariga hurmat oshishini xohlaymiz. Buni qanday amalga oshirishni O'zbekistonning o'zi belgilaydi. Bu ish O'zbekiston davlati va xalqi qo'lida".
Facebook Forum