Breaking News

Blinken Qoraqalpog'iston yuzasidan adolatga, O'zbekistonda matbuot erkinligi va demokratik islohotlarga undadi


Toshkent, 1-mart, 2023
Toshkent, 1-mart, 2023

1-mart kuni Toshkentda O'zbekiston rahbariyati bilan uchrashgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken deydiki, Vashington bu xalqqa va'da qilingan buyuk o'zgarishlar ro'yobga chiqib, respublika farovon, erkin va tinch tuzum sifatida ravnaq topishini xohlaydi.

Amerika uchun O'zbekiston bilan ta'limiy va professional almashinuv dasturlari yuksak ahamiyatga ega, chunki ular xalqlarni yaqinlashtiradi. Ingliz tilini o'rgatish bo'yicha dasturlarga Amerika elchixonasi o'tgan yillarda 25 million dollar sarflagan, 15 ming o'qituvchi yetishtirilgan, 10 mingga yaqin maktab va kutubxonaga adabiyotlar taqdim etilgan. Blinken deydiki, "bunday samarali loyihalar davom etadi va kengayadi".

AQSh Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda boshlagan islohotlar dasturini quvvatlashda davom etmoqda, deydi bosh diplomat, chunki agar siyosiy iroda kuchli bo'lsa, tub muammolar hal etilishi isbotlangan, masalan, majburiy mehnat hozirga kelib sezilarli darajada bartaraf etilgan.

"Biz O'zbekiston hukumati bilan boshqa sohalardagi muammolarni hal etishda birga shunday harakatlar qilishga bel bog'laganmiz. Islohotlar dasturi to'liq amalga oshirilishi kerak", - deydi Blinken.

Uning aytishicha, diniy erkinlik, matbuot erkinligi, ozchilikdagi fuqarolarni himoya qilish singari maqsadlar yo'lida dadilroq qadam tashlash lozim.

"Bu masalalarni bugun men prezident bilan muhokama qildim", - deydi Blinken.

Dauletmurat Tajimuratov: Hukm, Qoraqalpog'iston, Mirziyoyev
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:44 0:00

"Men, shuningdek, 2022-yilning iyul oyidagi zo'ravonliklarda huquq-tartibot organlari inson huquqlarini buzganligi yuzasidan da'volar ham to'liq va ochiq tekshirilishi zarurligiga urg'u berdim. Huquqbuzarlik hollari uchun javob berilishi shart".

AQSh elchixonasi ham oylardan beri shunga undab keladi. Ayni damda Qoraqalpog'iston voqealari bo'yicha ikkinchi guruh sud qilinmoqda. 39 kishi davlatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda.

31-yanvar kuni 22 qoraqalpoq ustidan hukm o'qilgan. Hammasi aybdor deb topilgan. Olti nafari shartli jazo bilan ozodlikda, qolganlar bir necha yillik qamoqqa mahkum etilgan. Ular va qarindoshlariga ko'ra, 1-2 iyuldagi g'alayonlarni aslida hukumatning o'zi boshlagan. Qoraqalpog'istonning konstitutsion maqomini o'zgartirish uchun qilinayotgan harakatlar tushuntirilmagan.

Nukus va uning atrofidagi beqarorlik paytida 21 kishi halok bo'lgan. Prezident Mirziyoyev konstitutsiyaning Qoraqalpog'istonga doir qismi o'zgarmaydi va ommaviy norozilikka yetaklagan sabablar tekshirilib, adolat ta'minlanadi, deya va'da qilgan. AQSh uni so'zida turishga chaqirmoqda.

Blinken nazarida O'zbekiston mintaqaviy birdamlik yo'lida jonbozlik ko'rsatib kelmoqda. C5+1 formatida Markaziy Osiyoning besh respublikasi va AQSh tashqi ishlar vazirlari muntazam uchrashib, regional masalalarni muhokama qiladi.

AQSh bosh diplomati fikricha, uning davlatidan sarmoya oqimi oshishi uchun potensial bor, ammo biznes muhitni yaxshilash, tizimni shaffof qilish, qonun ustuvorligiga erishish uchun hali qattiq ishlash kerak.

Blinken O'zbekiston qo'shni Afg'onistonga yordam berayotganini, qolaversa, Iroq va Suriyadagi fuqarolar qaytarilganini ham yuqori baholaydi.

Rossiyaning o'tgan yili Ukrainaga bostirib kirgani, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzganini qoralar ekan, Amerika tashqi ishlar vaziri bu urush Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga ham zarba berganini qayd etdi. Minglab rossiyaliklar hozirda vatandan qochib, O'zbekistondan qo'nim topgan.

Vashington o'tgan oylarda Markaziy Osiyoning iqtisodiy ravnaqi uchun o'nlab million dollar ajratgan. Bu fonddagi mablag' hozirda 50 million dollarga yetkazilgan.

Toshkent, 1-mart, 2023
Toshkent, 1-mart, 2023

"Biz mintaqadagi har bir davlatning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlaymiz va ularga imkon qadar ko'maklashamiz", - deydi Blinken, G'arbning Rossiyaga qo'ygan sanksiyalari mintaqaga zarar yetkazmasligi uchun choralar ko'rilayotganini eslatar ekan.

"Putin uchun energetika qurol, oziq-ovqat qurol... U o'z yovuz maqsadlari yo'lida har narsaga tayyor. Buni butun dunyo, xususan Markaziy Osiyo ahli va hukumatlari ham ko'rib turibdi", - deydi Blinken.

Uning fikricha, mintaqa hukumatlari Rossiyaga qaram bo'lishni aslo istamaydi. Xitoyga ham va umuman, hech kimga tobe bo'lishni xohlashmaydi, deydi Blinken.

"Biz ularga aytayapmiz, Amerika sizning o'ziga xos hamkoringiz bo'ladi. Siz biror tarafni tanlashga majbur emassiz. Mushtarak manfaatlar yo'lida sherikmiz. Xususiy sektorimiz uchun bu mintaqa, bu mamlakat hali ochilmagan dunyo", - deya mulohaza yuritadi Blinken.

Yashil iqtisodni rivojlantirish, ekologiya muhofazasi, ilg'or texnologiya va raqamlashtirish, ilm-fan, fuqaro jamiyati orasidag hamkorlik - Amerika O'zbekiston bilan sheriklikda mana shu jabhalarga ham e'tiborni oshirmoqchi.

Blinkenning aytishicha, Vashington Markaziy Osiyoda ayrimlar o'ylaydigandek "buyuk o'yin" bilan band emas. Rossiya va Xitoy hamisha eng yaqin yirik davlatlar bo'lib qolishini Amerika hukumati azaldan e'tirof etadi. AQSh ular bilan bu mintaqada tenglashishga urinmaydi, deydi rasmiylar, balki uzoqdagi unikal sherik bo'lib qoladi.

Toshkent, 1-mart, 2023
Toshkent, 1-mart, 2023

AQSh Davlat kotibi O'zbekistonda bosh qomusni yangilash harakati ketayotgani, prezident muddati o'zgarib, Mirziyoyevga hokimiyatda qolish uchun yo'l ochilishi rejalanayotganini biladi.

Demokratik yo'ldan qaytmang, deya undayotgan Bayden ma'muriyati hozircha bu jarayonlarni keskin tanqid qilmasa-da, O'zbekiston xalqiga shu paytgacha berilgan va'dalar bajarilishi kerak, deya qayd etmoqda.

"Matbuot erkinligi va fuqaro jamiyatining ahamiyati haqida gaplashdik. Konstitutsion islohotlarga ham to'xtaldik", - deydi Blinken, detallarni tilga olmagan holda.

Amerika bosh diplomati O'zbekiston ham qo'shni davlatlar singari Rossiya propagandasi ta'sirida yashashini anglaydi. Undan zarar ko'rmaslik uchun mamlakat o'z ishonchli va salohiyatli axborot vositalariga ega bo'lishi lozim, deydi u. Media makon kengayishi, rang-baranglashishi, professionallashishi zarur.

"Shundagina odamlar o'zlari tanlab, nima haqiqat va haqiqat emasligini farqlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Rossiya propaganda tizimi bag'oyat qudratli ekanini bilamiz", - deydi Blinken.

"Haqiqatan erkin, mustaqil, ochiq axborot maydoni yuzaga kelsa, faktlarga asoslangan ma'lumotlar asosiy o'rinda bo'lsa, xalqning o'zi kimga ishonishni bilib oladi".

Blinken O'zbekistonni demokratiyaga undadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:23 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG