Breaking News

Blinken: O'zbekiston bilan "dinamik aloqadamiz"


AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023

Toshkentda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va boshqa rasmiylar bilan muloqot qilayotgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ikki davlat orasidagi aloqani "dinamik" deb atab, Mirziyoyev ma'muriyatini Markaziy Osiyoda birdamlikni ta'minlash yo'lida qilayotgan ishlari uchun maqtadi.

Amerika Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlarni olqishlaydi, deydi Blinken, demokratik va'dalar amalga oshishi kerak. Vashington delegatsiyasiga ko'ra, davlat kotibi mezbon hukumatni konkret o'zgarishlar tomon dadilroq qadam tashlashga undamoqda.

Siyosiy erkinliklar himoyasi, fuqaro jamiyati rivoji, erkin matbuot va uzviy huquqlar ta'minlanishi uchun hali qattiq ishlash kerak, deya e'tirof etadi diplomatlar, va samara hukumat irodasi va fuqaro g'ayratiga bog'liq.

Kecha Ostonada Qozog'iston rahbari Qosim-Jo'mart To'qayev va Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi bilan gaplashgan Blinken ularga ham Vashingtonning shunday tilak va tavsiyalarini izhor etgan.

AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023

Qozog'iston - Markaziy Osiyoning iqtidosiy jihatdan eng kuchli davlati, O'zbekiston esa eng yirik jamiyati. Ikkisiga safar qilib, Bayden ma'muriyatining bugungi tashqi siyosatini, xususan Ukrainaga yordamni oshirib, unga bostirib kirgan Rossiyani qoralayotgan Blinken AQSh mintaqadagi har bir davlatning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlashini ham ta'kidlamoqda.

Saidov Blinkenga AQSh hukumati Prezident Mirziyoyevning islohot dasturini ijobiy baholab kelayotgani uchun rahmat aytgan.

"Bu islohotlar samarali boshqaruv va qonun ustuvorligiga erishish, inson huquqlarini himoya qilish kabi maqsadlarni ko'zlaydi, shuningdek, qo'shnilarimiz bilan do'stona aloqalarni mustahkamlashni", - deydi vazir.

Saidov qayd etishicha, tomonlar Markaziy Osiyo tinch, barqaror va farovon bo'lishidan manfaatdor.

AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023

Blinken bilan muzokara ketidan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi shunday bayonot berdi:

"Biznes almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratish, O‘zbekiston kadrlar salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa qator masalalar bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni birlashtirishga kelishib oldik. AQSh hukumati Oʻzbekiston prezidentining islohotlar dasturini muntazam va har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotganini yuksak qadrlaymiz".

Blinken Toshkentda O'zbekiston Jahon tillari universitetidagi ingliz tili markaziga tashrif buyurib, talabalar bilan gaplashgan. Shuningdek, poytaxtdagi qadim Hazrati Imom islomiy majmuasini kezgan.

Davlat kotibining aytishicha, AQShning O'zbekistondagi elchixonasi respublikada 15 ming ingliz tili o'qituvchisini tayyorlash, 10 ming maktabni kitoblar bilan ta'minlash va umuman, ingliz tilini o'rgatish dasturlari uchun 25 million dollardan oshiq mablag' sarflagan.

AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023
AQSh-O'zbekiston muzokaralari, Toshkent, 1-mart, 2023

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG