Qozog'iston AQShdan quvvatlov uchun minnatdor
28-fevral kuni Ostonada AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qilgan Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev Qozog'iston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlab kelayotgani uchun Vashingtonga minnatdorchilik bildirdi. Blinkenning tashrifi, uning nazarida, hamkorlikning yangi sahifasini ochadi. Blinken uchrashuvda o'zaro manfaatlarga urg'u berdi. Muloqotda siyosiy-iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy masalalar hamda Rossiyaning Ukrainadagi urushi haqida gaplashilgan. (Rasmiy video)
Facebook Forum