Breaking News

C5+1 nima, qanday maqsadlarni olg'a suradi?


2015-yilning noyabrida c5+1 formatidagi ilk sammitda Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi ishlar vazirlari va AQShning o'sha paytdagi Davlat kotibi Samarqandda uchrashgan
2015-yilning noyabrida c5+1 formatidagi ilk sammitda Markaziy Osiyoning besh davlati tashqi ishlar vazirlari va AQShning o'sha paytdagi Davlat kotibi Samarqandda uchrashgan

2015-yilning sentabrida BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasi paytida Markaziy Osiyo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va AQShning o'sha paytdagi Davlat kotibi Jon Kerri uchrashib, muntazam muloqotni yo'lga qo'yishga kelishib olgan. Besh respublika va Amerika bosh diplomatlarining bu uchrashuvi C5+1 formati sifatida tanishtirilib, ilk sammit o'sha yilning noyabrida Samarqandda kechgan.

Vashington uchun C5+1 mintaqa bilan asosiy dialog platformasidir. Unda AQSh o'zining mintaqaga nisbatan siyosatini tushuntiradi, Markaziy Osiyo hukumatlari pozitsiyalari va dardi bilan tanishadi, o'zaro fikr almashiladi.

O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbariyatlari ham bu formatni qadrlashini bildirib, unga "effektiv davra" deb qarab keladi.

Yiliga kamida ikki bor o'tkaziladigan yig'inlar, deydi AQSh diplomatlari, mintaqa va Vashingtonni bir-biriga yaqinlashtirib, o'zaro ishonchni oshirgan.

  • AQSh C5+1 orqali Markaziy Osiyoning har bir davlati mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini quvvatlab, ularni birdamlikka chorlab keladi.
  • C5+1 mintaqa va har bir respublika tinch, farovon va erkin yashashi uchun xizmat qiladi.
  • C5+1 platformasida tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, unga kiradigan mamlakatlarning mutaxassislari va rasmiylari turli yo'nalishlardagi masalalarni muhokama qiladi.
  • C5+1 ishchi guruhlaridagi birlamchi yo'nalishlar – iqtisod, energetika, ekologiya va xavfsizlik. Regional dasturlar ham bor, xususan mushtarak manfaatlarni ko'zlovchi trening loyihalari.
  • 2021-yildan beri C5+1 muloqoti yanada jadallashgan. 28-fevral kuni Ostonada o'tayotgan sammit AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken uchun to'rtinchi uchrashuv bo'ladi.
  • Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga talab katta, deydi Markaziy Osiyo diplomatlari, shuningdek, atrof-muhit bilan bog'liq muammolarga qarshi birgalikda chora ko'rish istagi ham kuchli.
  • C5+1 o'tgan yildan beri o'z kotibiyatiga ham ega. Uning vazifasi hukumatlararo samarali aloqani ta'minlash, yig'inlarni o'z vaqtida tashkil etish va maqsadlar amalga oshishi uchun qilinayotgan harakatlarni sarhisob qilib borish.

Davlat kotibi Blinken 27-fevral kuni Markaziy Osiyoga yo'l olayotgani haqida tvit qilar ekan, bu uning bosh diplomat sifatidagi ilk tashrifi bo'lishiga urg'u berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG