AQSh rahbari Jo Bayden bu hafta O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'llab, uning ma'muriyati uchun nimalar muhimligini eslatdi.
Xatning asosiy qismi quyidagicha:
"O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlash AQSh uchun ustuvor ahamiyatga ega.
AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023-yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman.
Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman.
Bu sa’y-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda.
Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy printsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi".
Baydenning maktubining o'zbekchaga tarjimasini Mirziyoyevning matbuot xizmati tarqatdi. Oq uy uni hozircha ommaga e'lon qilmagan.
"Amerika Ovozi" bilan suhbatda, AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Henik prioritetlarni birma-bir tushuntirgan edi:
Facebook Forum