Breaking News

Polat Shamshetov hukmdan keyin: O'zbekistonga qarshi chiqmaganman


Polat Shamshetov hukmdan keyin: O'zbekistonga qarshi chiqmaganman
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:38 0:00

Ozod etilganlar sud adolatli o’tdi desa, qamoqda qolayotgan qoraqalpoqlarning yaqinlari "qani adolat", deya nola qiladi. 31-yanvar kuni Buxorodagi sud zalida olti yilga hukm qilingan Po’lat Dauletbayevich Shamshetov 4-fevral kuni vafot etdi. Shamshetov o’pka arteriyasi trombemboliyasi, o’tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida jon bergan. Bu – sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasi. Hukmga ko'ra, Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, o‘zi ham ularda faol ishtirok etganlikda aybdor deb topilgan. U va uning advokati sud davomida bu ayblovni inkor etgan. Bu kun biz sud zalida ozod etilganlardan to’rt nafari, panjara ortida qolayotganlardan esa uch nafari bilan gaplashishga muvaffaq bo’ldik. Shamshetov - ulardan biri. Suhbatning biror joyi qirqilmasdan, boricha havola etilmoqda.

XS
SM
MD
LG