Mirziyoyevdan afv so'rayotgan qoraqalpoq
Your browser doesn’t support HTML5
37 yoshli Baxtiyar Kadirbergenov Qoraqalpog'istonda "Ayama" veb-sayti ma’muri va bloger bo'lgan. Hukumat uni 2022-yilning 1-2 iyul kunlari odamlarni ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, Jo‘qorg‘i Kenges va Nukus xalqaro aeroporti binolarini bosib olishga da’vat qilganlikda ayblagan. 2023-yilning 31-yanvarida sud uni 7 yillik qamoq jazosiga loyiq deb topdi. Hukmdan keyin "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Kadirbergenov o'z dardi va xulosalarini bayon etdi. Sudlanuvchi O'zbekiston rahbaridan afv so'ramoqda.