Bir necha oydirki, Ukraina harbiylari Belarus bilan chegarada ehtimoliy hujumlarni aniqlash uchun dronlardan foydalanmoqda. Ikki kun avval Rossiya rahbari Belarusga taktik yadroviy qurollar joylashtirilishini ma’lum qilgan.
“Yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo’yicha xalqaro majburiyatlarimizni buzmagan holda, 3-apreldan guruhlar treningini boshlaymiz. 1-iyulda Belarusda taktik yadroviy qurollar ombori qurilishini yakunlaymiz”, - dedi Rossiya rahbari Vladimir Putin.
Your browser doesn’t support HTML5
Avvalroq Britaniya Ukrainaga boyitilmagan uranga ega sanryadlar paketini yetkazib berishini ma’lum qilgan edi. Rossiya armiyasining Radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa kuchlari rahbari Igor Kirillov bu qurol yetkazajak xatarlardan ogohlantirdi.
“O’z aholisini zaharlashdan tashqari, Ukraina dehqon xo’jaligi va chorvachiligi inqirizga yuz tutadi”, - dedi u.
O’z qarorini dastaklar ekan, Britaniya Mudofaa vazirligi radiatsiya ehtimoli past ekanini bildirdi. NATO bloki Putinning Belarusga yadroviy qurol joylashtirish rejasini qoralab, uni xavfli qaror deb baholadi.
Rossiya bosqini allaqachon Ukrainada atrof-muhitga yirik zarar yetkazdi, deydi Ukraina atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri Ruslan Strelets. |
“Tabiat bo’yicha 2300 dan ziyod jinoiy ish ochilgan. Umumiy zarar 51 milliard dollardan oshgan”, - deydi u.
Vazirlikka ko’ra, zarar badalini Rossiya to’lashi kerak.
“Havo jiddiy ifloslandi. Ukraina o’rmonlarining uchdan bir qismi yo’q qilindi”, - deydi vazir.
O’tgan hafta oxirida ukrain xalqiga murojaat qilgan Prezident Volodimir Zelenskiy Rossiya rasmiylari harbiy jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi muqarrar ekanini ta’kidladi. Ukraina lideri 28-mart kuni Vashingtonda start beriladigan ikkinchi Demokratiya sammiti doirasida “Ukrainada adolatli va barqaror tinchlik” panelida virtual ishtirok etishi kutilmoqda.