Turkmaniston, AQSh hamkorlikni oshirmoqchi/Markaziy Osiyodagi diplomatiya
Your browser doesn’t support HTML5
Qo'shma Shtatlar bilan 1992-yildan beri diplomatik aloqalarga ega Turkmaniston bugunga kelib Vashington bilan hamkorlikni kengaytirishga bel bog'lagan. Respublikaning bosh diplomati, vitse-prezidenti Rashid Meredov bugun bu haqda Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda bayon qildi.
Yillik maslahatlashuvda Ashgabatdan kelgan delegatsiya asosan iqtisod, energetika va ta'limni muhokama qildi. Amerika bu yo'nalishlarda birga ishlashga ochiq, ammo Bayden ma'muriyati inson huquqlari bilan bog'liq muammolarni ham ko'tarib, Turkmaniston hukumatini vaziyatni yaxshilashga undadi.