Bobur Malikov: O'zbekiston, bugun va 30 yil oldin
Your browser doesn’t support HTML5
Bobur Malikov, 30 yildirki, AQShda yashaydi. 1993-yil boshida Vashingtonga elchi sifatida kelib, vatanga qaytmadi, ya'ni qayta olmadi. U - mustaqil O'zbekistonning birinchi adliya vaziri va AQShdagi ilk bosh diplomati. Lekin Malikovning suratini respublikaning faxriy elchilari qatorida ko'rmaysiz. Chunki u okean ortiga kelganidan sal o'tmay siyosiy boshpana olib, vazifani tark etgan. Sabablari haqida Malikov bilan avvalgi suhbatlarimizda gaplashganmiz, ammo bu safar ham muloqotni shundan boshladik. 75 yoshga kirgan arbob uzoq yillar AQSh diplomatlariga murabbiylik qildi, hozirda nafaqaga chiqqan. Virjiniya shtatidagi xonadonida "Amerika Ovozi" bilan o'tgan uch o'nyillikdagi jarayonlarni muhokama qildi. Intervyuning 1-qismi.