Somalidan kelgan muhojir AQShning eng yaxshi kichik tadbirkori bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Kichik biznes ma'muriyati Minnesota shtatining Minneapolis shahridagi restoranlar tarmog'i egasi, asli somalilik Abdurahmon Kahinni kichik bizneslar orasida 2023-yil odami deb topdi.

Abdurahmon Kahin 2010-yilda Minnesota shtatining Minneapolis shahrida o'zining birinchi “Afro Deli & Grill” restoranini ochganda, asosiy maqsadi jamiyatidagilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash edi. Yaqinda u AQSh kichik biznes ma'muriyati rahbari Izabella Kasilyas Guzman qo’lidan "Amerika tadbirkorlarining eng yaxshisi" degan milliy mukofot oldi.

“Bu men, hamjamiyatim va Minnesota shtati uchun katta sharaf. Milliy mukofotni qo'lga kiritish har kuni bo'lavermaydi”, - deydi Abdurahmon.

Buni ham ko'ring Manxettendagi xitoy mahallasi biznes orqali o'z madaniyatini saqlab qolishga urinmoqda

U 1-may kuni Oq uyda boʻlib oʻtgan tantanali marosimda kichik bizneslar orasida 2023-yil tadbirkori deb topildi va u yerda AQSh Prezidenti Jo Bayden hamda Vitse-prezident Kamala Xarris bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻldi.

Tadbirda kichik biznesning AQSh iqtisodiyotiga ta'siri haqida so'z yuritildi.

“Men uchun bu xuddi Olimpiada medalini qo‘lga kiritishdek, chunki 12 yillik tinimsiz va uyqusiz tunlardan so‘ng, nihoyat, qadrlashim mumkin bo‘lgan, bolalarimga ko‘rsata oladigan narsaga ega bo‘ldim. Bu katta sharaf. Bunday unvonni qo'lga kiritish har kuni ham nasib qilavermaydi”, - dedi u.

Guzman o'z bayonotida Abdurahmonni qiyinchiliklarni yengib o'tib, bir nechta retoranni ishga tushirish va shu shu yo’l bilan jamiyatiga yordam berish orqali Amerikada biznes ochish orzusiga erishgan tadbirkor sifatida ta’rifladi.

Abdurahmon hozir Minneapolis-Sent-Pol hududida to'rtta restoranga ega.

U AQShga 1996-yilda koʻchib kelgan. Abdurahmonning aytishicha, unga ko’rsatilgan eʼtirof mashaqqatli mehnat oʻz samarasini berayotganidan hamda muhojirlar AQSh iqtisodiyotining oʻsishiga hissa qoʻshayotganidan dalolatdir.

Buni ham ko'ring Kaliforniyada restoran biznesini yuritayotgan uyg'ur muhojir

“Biz Afrikadan kelgan somalilik amerikaliklar sifatida mehnatkash ekanligimizga ishonch hosil qilishni istaymiz. Biz bu mamlakat va Minnesota shtati uchun boylikmiz. Bizni qabul qilishganiga ishonch hosil qilib, Minnesota shtatiga va bu mamlakatga ko'p hissa qo'shishimiz kerak”, - deydi u.

COVID pandemiyasi paytida Abdurahmon Somali jamoasining keksa a'zolari va qo'shnilarini, shuningdek, uyidan chiqa olmagan boshqa nogiron minnesotaliklarni oziq-ovqat bilan ta’minladi.

Kichik biznes agentligi ma'muri Guzman va Vitse-prezident Kamala Xarrisning turmush o’rtog’i Dag Emhoff yaqinda Abdurahmon restoranlaridan biriga tashrif buyurishni rejalamoqda.