14-may kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari o'tkaziladi. Poygadagi asosiy nomzodlar iqtidordagi Prezident Rajab Toyyib Erdog’an va uning muxolifi Kamol Qilichdoro’g’li o’rtasida jiddiy kurash kutilmoqda.
Saylovga doir o’tkazilgan so’rovlarda biror nomzodning yaqqol ustunligi qayd qilinmagan.
Turkiyaning so’nggi yillardagi tashqi va ichki siyosatibevosita Erdog'an yetakchiligida shakllandi.
Avval bosh vazir, keyinchalik prezident maqomida mamlakatni 20 yildan ziyod boshqargan Erdog’an davrida Turkiya iqtisodiy, siyosiy jihatdan yuksaldi, shuningdek, jiddiy inqirozlarga ham yuz tutdi.
Prezidentlik saylovi Turkiya shunday inqirozli muhitda turgan bir pallada o’tmoqda.
Bu muxolafatdan asosiy nomzodi sanalgan Kamol Qilichdoro’gli imkoniyatlarini oshirgan.
Erdog’an avtoritar siyosatga moyillikda ayblanadi. Uning davrida Turkiya demokratik tamoyillardan ancha chekindi.
Your browser doesn’t support HTML5
Turkiyada hokimiyatga kim kelishi nafaqat ichki, balki tashqi siyosatida ham o’zgarishlar qilishi kutilyapti. Ayniqsa, so’nggi yillarda Anqara xalqaro maydonda faollashgani inobatga olinsa.
Turkiya tashqi siyosatidagi bu faollik Markaziy Osiyoni ham chetlab o’tmadi, ammo turk xalqlari kutgan darajada emas.
Turkiyadagi navbatdagi saylovlar natijasi Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston bilan aloqalarda qanday o’zgarishlar qilishi mumkin?
Mustaqil jurnalist, huquq himoyachisi Yusuf Ro’zimurodga ko’ra, Erdog’an davrida turk davlatlar o’rtasida kuzatilgan yaqinlashuvlar, asosan, tepadagi siyosiy doiralar bilan cheklanib qoldi, bu integratsiya turk davlatlardagi oddiy aholini qamrab olmadi.
Your browser doesn’t support HTML5