O'zbekistonlik bloger Ukraina armiyasi safida xizmat qilmoqda

Your browser doesn’t support HTML5

Lesiya ayni paytda Ukraina armiyasi safida xizmat qilayotgan o’zbekistonlik bloger Jahongir Bozorboyevning turmush o’rtog’i. U urushning boshlanishini ko’z yoshlarsiz eslay olmaydi.

“Bir pastda qo’rquv, vahimada qoldik. Jahongirning tanishlari qo’ng’iroq qilib urush boshlaganini aytishdi, portlashlar eshitilib turardi. Keyin samolyotlar uchishni boshladi, trevoga ovozlari. O’g’limiz Timofey juda qo’rqib ketdi. Birinchi kunlari faqat podvalda yashadik, bir oylar shunday yashagandan keyin, qochishga, Timofeyni xavfsiz joyga olib chiqishga qaror qildik”, - deb eslaydi Lesiya urushning boshlanishini.

Jahongir Bozorboyev 2017-yildan buyon Ukrainada yashaydi, turmush o’rtog’i ukrainalik. Jahongir bloger, O’zbekistondagi vaziyatni muntazam kuzatib keladi va yoritadi.

Ukrainadagi oilasi, o’g’li himoyasi uchun Ukraina armiyasi safiga qo’shilishga qaror qilgan Jahongir buning uchun O’zbekistonda jinoiy javobraglikka tortilishi mumkinligini yaxshi biladi.

Jahongirning qarorini uning turmush o’rtog’i ham qo’llab-quvvatlaydi, ammo avvaliga qarshi bo’lgan.

Buni ham ko'ring Rossiya raketa va dron hujumlarining asosiy nishoni - Kiyev

Jahongir va Lesyaning o’gli Timofey hozir besh yoshda. Timofey bir yoshdan o’tib og’ir kasallikka uchraydi, muntazam va uzoq yillik davolanishlar ortidan salomatligi tiklandi.

Ammo urush bu quvonchni uzoqqa cho’zdirmadi, yana xavfsizlik, hayot uchun kurash boshlandi.

Timofey O’zbekistonda, Beruniy shahrida yashayotgan buvisi bilan telefonda gaplashib turadi, Jahongirning onasini “ena” deb chaqiradi.

Oila O’zbekistonda, Jahongir tug’ilib o’sgan Beruniy shahrida, Urganchda bir necha yillar avval bo’lishgan.

Lesiya O’zbekistonni iliq xotirlaydi:

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Ukrainaga uzatayotgan dronlar

“Men O’zbekistonda faqat dam oldim, bir marta ovqat qildim, unda ham kelinimiz paxta terimiga chiqqan paytda. Somsa, osh, manti pishirishni bilaman, qanday chiqishini yaxshisi Jahongirdan so’rang. Umuman O’zbekiston ovqatlari juda shirin. Yaxshi dam olgan edik, yana boramiz O’zbekistonga, chunki buvisi hali Timofeyni ko’rgani yo’q, faqat internet orqali ko’rishishgan xolos”.

Biz Jahongir Bozorboyev bilan unining ta’til kunlarida, Cherkassi shahrida uchrashdik. Hozir Jahongir Ukraina qurolli kuchlari safiga qaytgan, urushga kirishga hozirlanmoqda.

Jahongir bu urushda Ukrainaning g’alabasiga mutlaq ishonadi, g’alabadan keyin Ukrainada o’z biznesini, fermer xo’jaligini tashkil qilish orzusida.