Pokistondagi afg'on qochqinlari xavotirda

  • Amerika Ovozi

Peshovarda yashayotgan afg'on qochqinlari

So’nggi 40 yil davomida Afg’onistondan qochgan yuz minglab aholi Pokistonning Peshovar shahridan panoh topgan.

Qochqinlarning aksariyati shaharda o’z o’rnini topib, mahalliy aholi bilan tinch-inoq yashab keladi. Zotan, ularning katta qismi bir tilda so’zlashadi, qadriyatlari ham mushtarak.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 28-iyul, 2023-yil

Biroq ayrim afg’onistonliklar o’z kelajagidan xavotirda. Joriy oy avvalida Pokiston rasmiylari Afg’oniston fuqarolarini xavfsizlik kuchlariga qarshi qator hujumlarni uyushtirganlikda aybladi.

“Rasmiylar bayonoti xato. Afg’onlar hujumga aralashmagan. O’z birodariday qabul qilgan Pokiston ahlidan mamnunmiz”, - deydi afg'onistonlik qochqin Muhammad Zubay

12-iyul kuni Pokiston janubi-g’arbida, Balujiston viloyatidagi harbiy bazaga uyushtirilgan qurolli hujum natijasida 12 nafar askar va bir nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi. Rasmiylar hujumlarga Afg’oniston fuqarolari aloqador ekanini ma’lum qildi.

“Pokiston armiyasi rahbaridan bunday ayblovni eshitish tabiiy. Bu bayonot millionlab afg’on qochqinlari taqdiriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Davlat institutlari bunga beparvo bo’lmasligi kerak. Ayblov asossiz”, - deydi jurnalist Tohir Xon.

BMT ga ko’ra, Pokistonda 3,7 million afg’onistonlik yashaydi. Ulardan 1,3 millioni rasman ro’yxatga olingan.

Vashington bayonotiga ko’ra, afg’on qochqinlarining teraktlarga aloqadorligiga doir dalillar yo’q.

“Afg’on qochqinlari Pokistonda va chegara bo’ylab teraktlarga qo’shilmagan”, - deydi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi.

Tolibon Afg’onistonda hokimiyatni egallagan 2021-yilning avgustidan buyon 600 ming fuqaro Pokistonga qochib o’tgan.