Qoraqalpog'iston kelajagi va huquq himoyasi/Azimjon Ataniyazov
Your browser doesn’t support HTML5
Bir yarim yildan beri o'z tashkilotini ro'yxatdan o'tkazishga qiynalayotgan Azimjon Ataniyazov Qoraqalpog'istonda inson huquqlari bilan bog'liq muammolarni ko'tarib, adolatsizliklarga qarshi kurashib tanilgan. Xalqaro hamkorlari bor, jumladan "Human Rights Watch" kabi global tashkilotlar bilan ishlaydi. Ataniyazov o'tgan yillardagi progressni e'tirof etadi, ammo O'zbekiston bo'ylab, jumladan Qoraqalpog'istonda vaziyatni yaxshilash uchun dadil qadamlar tashlashga undaydi. Qo'rqinch, loqaydlik, sustkashlik va vijdonsizlik hech kimni nurli kelajakka yetaklamaydi, deydi faol.