Ukraina urushida qatnashayotgan turkmanistonlik

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

2023-yilning may oyida Baxmutda olingan bir videoda Rossiya tanki turar joy binosini o´qqa tutgani va uning ortidan ukrain askarlari yordamga shoshilayotgani aks etgan.

Unda “Aptechka qani? Pasha, bu yerda yengil jarohat bilan bir kishi, yana bittasida o`rtacha, ammo aniq emas! Sasha, meni eshityapsanmi?”, degan ovozlar ham eshitiladi.

Aleksandr yoki Sasha deya chaqirilayotgan bu kishi ukrain maxsus guruhida xizmat qilayotgan Pul laqabli harbiy medik. Uning to´liq ismi Aleksandr Statiyev.

Rossiya tanki turar joyni hujumga tutganda Aleksandr bino ichkarisida edi. Oyog´ini beton bosib, jiddiy jarohatlanadi. Jarohatga qaramasdan, u boshqa bir yaradorni qutqarishga ko´maklashadi.

“Mana aptechka, bo´l, bostir!” - deydi u.

Statiyevning jarohati o´ylaganidek yengil emas edi. Uni va yaralangan yana bir jangchini safdoshlari hujumga tutilgan binodan olib chiqishadi. Statiyev operatsiya qilinadi va tiklanish uchun Sumdagi shifoxonaga yotqiziladi.

Buni ham ko'ring AQSh Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan raketa berish ustida o’ylanmoqda

“Men Ashxobodda tug‘ilganman. Men totalitar rejimlar qandayligini yaxshi bilaman. Men u yerda o´sdim, buni yaxshi bilaman. Ukrainaga kelganimda, menga hammasi juda yoqdi, ayniqsa, ukrainlarning o´z ozodligini sevishi ”, - deydi u.

38 yoshli Statiyevning oliy ma´lumoti yo´q. U Ukrainaga kelib o´qishga kirmoqchi edi, ammo bu amalga oshmadi, chunki unda Ukraina fuqaroligi yo’q edi. Keyin diplom olishni ortga surib, do´sti bilan birga internet magazin ochdi.

“Hammasi yaxshi boshlangan, hamma xursand edi. Keyin... hech qachon do´sting bilan biznes boshlama. Natijada menda biznes ham, do´st ham yo´q”, - deydi Aleksandr.

Aleksandrning keyingi hayoti ancha qiyin kechdi. U bir muddat ish topish uchin Kiprga jo´nab ketadi. Ammo u yerda ham doimiy ish topa olmagach, yana Ukrainaga qaytadi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganda u o´z yaqinlari bilan Kiyevda edi.

Buni ham ko'ring Zelenskiy asli o'zbekistonlik qrim-tatarni mudofaa vazirligiga tavsiya qildi

Statiyev ko´ngillilar safiga qo´shildi, frontga jo´nash uchun harbiy tibbiyot kursini bitirib chiqdi.

“Men barcha sinovlardan o´tdim, frontga borish uchun tayyor edim”, - deydi u.

U jarohat olguncha uch oy frontda bo´ldi. Shifokorlar to´liq ishonchda emas, ammo bir necha oy davomida tuzalib ketishini aytishyapti.

Shunday bo´lishi bilan Statiyev frontga qaytmoqchi va o'zining tutingan vatani ozodligi uchun kurashni davom ettirmoqchi.