Akorda: Fransiya-Qozog'iston milliardlab dollarlik yangi kelishuvlar
Your browser doesn’t support HTML5
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To‘qayev bugun Ostonada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni mehmon qildi. Siyosiy, tijoriy, ilmiy-texnologik, madaniy-ilmiy sohalarda yaqindan ishlash uchun milliardlab dollarlik o'nlab shartnomalar imzolangan. O'tgan yili ikki davlat orasidagi savdo 4 milliard dollarni tashkil etgan. Qozog'iston - Fransiyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik sherigi. Shu kungacha fransuz bizneslari respublikaga 19 milliard dollarlik sarmoya kiritgan.