Akorda: Makron Qozog'iston bilan tanishdi
Your browser doesn’t support HTML5
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To‘qayev bugun Ostonada Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni mehmon qildi. Muzokara va kelishuvlar ketidan ular birga "Etnoovul" ko'rgazmasini aylanishgan.
Qozog'iston va Fransiya siyosiy, tijoriy, ilmiy-texnologik, madaniy-ilmiy sohalarda yaqindan ishlash uchun bir necha milliard dollarlik o'nlab shartnomalar imzolagan.
O'tgan yili ikki davlat orasidagi savdo 4 milliard dollarni tashkil etgan. Makron Qozog'istonni "oltin makon" deb atagan. To'qayev esa Fransiyani Yevropa Ittifoqidagi tayanch deb ta'riflagan. Qozog'iston - Fransiyaning Markaziy Osiyodagi eng yirik biznes sherigi.