Huquq faollari: Xitoy muxolif fikrga qarshi kurashni kuchaytirmoqda

  • Amerika Ovozi

Turmush o’rtog’i 2019-yilda politsiyaning dissidentlarga qarshi ta’qibidan qochib Xitoyni tark etgach, Lu Lina o‘zi va kichik o‘g‘li tez orada chet elga, erining oldiga xavfsiz yetib olishini umid qilgan edi.

Haiqatda esa vaziyat chigallashib ketdi. U yashab turgan uyidan boshqa joyga ko’chishga majburlandi; 8 yoshli o'g'li maktabdan haydaldi hamda chegara politsiyasi keyingi uch yil ichida ularning mamlakatni tark etishiga to'sqinlik qildi. Oxir-oqibat, er-xotin yagona chora sifatida Xitoyda ajralish uchun ariza topshirishga majbur bo'ldi.

"Erim ketganidan keyin politsiya bizning hayotimizni juda ko'p muammolarga duchor qildi", - dedi Lu.

U hozir Los-Ajelesda, turmush o’rtog’i bilan birga.

“Har safar chegarachilar meni to‘xtatib, telefonimni, hamyonimni va boshqa narsamni olib qo‘yishar edi. Ular hech qanday tushuntirish berishmadi”, - deydi u.

Luning turmush o'rtog'i, musiqachi va sobiq o'qituvchi Lyu Sifang 2019-yilda inson huquqlarini muhokama qilish uchun norasmiy yig'ilishda qatnashganidan keyin tazyiqqa uchragan bir guruh faollardan biri. U hukumat ta’qibidan qochish uchun mamlakatni tark etishga majbur bo’ldi.

Buni ham ko'ring Xitoy xorijdagi uyg'urlarni ta'qib qilishda xalqaro tashkilotlarni ishga solmoqda

Huquq guruhlari fikricha, Liu oilasining jazolanishi Pekinning Xitoy ichida ham, undan tashqarida ham muxolifatga nisbatan qattiq tazyiq o'tkazayotganini ko'rsatadi. Guruhlar yakshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligini nishonlar ekan, dunyoda aholi soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadigan davlatda vaziyat yaxshi emas, balki yomonlashayotganidan xavotirda.

G'arb hukumatlari Xitoyga yetarlicha bosim o'tkaza olmayapti, deydi huquq guruhlari va Si Zinpin rahbarligidagi yanada qudratli Xitoy xalqaro bosimga toqat qilolmay qolgan.

“Agar Si Zinpin hokimiyatga kelgan paytdagi mustaqil faollikka nazar tashlasangiz, hozir koʻrib turganingizdek, shubhali narsa shundaki, Si rahbariyati fuqarolik jamiyatini yoʻq qilishga va nafaqat mamlakat ichida, balki butun dunyo miqyosida norozilikni oʻchirishga harakat qildi. Uni va rejimni tanqid qilgan har qanday odam ikki marta o‘ylab ko‘rishi kerak”, - deydi “Human Rights Watch”ning Xitoy bo‘yicha sobiq direktori Sofi Richardson.

Rimda joylashgan “Safeguard Defenders” huquq guruhining Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan chop etilgan yangi hisobotida aytilishicha, Xitoy hukumati so‘nggi yillarda inson huquqlari himoyachilarining yaqinlariga nisbatan “jamoaviy jazo” qo‘llashni kuchaytirgan.

Buni ham ko'ring Avtoritar rejimlar AQSh hududida tanqidchilarini ovlamoqda

"Si Zinpin davrida Xitoy kuzatuv ostidagi siyosiy shaxslarning mamlakatni tark etishiga yo'l qo'ymaslik, ularni va ularning oilalarini xorijga chiqishni taqiqlash bilan jazolash va chiqib ketishni uddalaganlarni nazorat qilish uchun transmilliy repressiya usullarini qo'llamoqda", deyiladi hisobotda.

O‘ndan ortiq huquq faollari bilan suhbatlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan hisobotlar asosida tuzilgan hisobotda 2015-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda kamida 50 ta shunday holat aniqlangan; jumladan, faollarning oila a’zolarini hibsga olish, uydan chiqarish, ta’qib qilish yoki zo‘ravonlik bilan hujum qilish kabi vaziyatlar yuz bergan.

Bu yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamma joyda har bir inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha global asosiy hujjatni qabul qilganiga 75 yil to'ladi. Ushbu kun arafasida Yevropa Ittifoqi rahbarlari Xitoyga yangi muzokaralar uchun tashrif buyurdi.

Sammitda asosiy e'tibor savdo va Ukraina urushiga qaratilgan bo'lsa-da, Yevropa Ittifoqi ham Xitoydagi huquqlar bilan bog'liq vaziyatdan "chuqur xavotirda" ekanini bildirgan. Har ikki tomon shu yil boshida inson huquqlari bo‘yicha muloqot qayta boshlanganini olqishlashini aytgan edi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Yevropa masalalari bo‘yicha boshlig‘i Van Lutong Pekin muloqotni davom ettirishga tayyorligini aytdi, ammo “inson huquqlari Xitoyni mag‘lub etish uchun tayoq sifatida ishlatilmasligi” haqida ogohlantirdi.

O'tgan hafta Tashqi ishlar vaziri Van Yi Xitoyning inson huquqlari bo'yicha xalqaro tanqidlarga qarshi uzoq muddatli himoyasini yana bir bor ta'kidladi.

Pekin "o'z qadriyatlarini boshqalarga majburlash bo’yicha har qanday urinishlarga" qarshi, dedi u simpoziumda.

“Biz inson huquqlari bahonasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish yoki ularning rivojlanishini to‘xtatishga urinishlarni rad etishimiz kerak. Xitoy o‘zgaruvchan zamonga moslashgan va milliy sharoitimizga mos keladigan inson huquqlarini rivojlantirish uchun yangi yo‘l ochdi”, - deya qo’shimcha qildi Xitoy rasmiysi.

Buni ham ko'ring Xitoy hukumati uyg’ur tanqidchilarini badnom qilish harakatida

Xitoy huquqlari bo'yicha ekspert Richardsonning aytishicha, Yevropa Ittifoqi va Xitoy o'rtasidagi huquqlar bo'yicha muloqot dissidentlar uchun haqiqiy natijalarga erishish uchun juda kam.

Aprel oyida Xitoy politsiyasi inson huquqlari bo‘yicha advokat Yu Vensheng va uning rafiqasi Syu Yanni Yevropa Ittifoqi elchisi bilan uchrashish uchun Pekindagi Yevropa Ittifoqi vakolatxonasiga ketayotganlarida hibsga oldi.

Ishdan xabardor advokat Bao Longjunning so'zlariga ko'ra, er-xotin davlat hokimiyatini ag'darish va "janjal qo'zg'atish"da ayblanmoqda; ammo ular ayblovlar haqida hech qanday qonuniy hujjat olmagan.

Bunday noaniq ayblovlar odatda Xitoyda huquq faollariga qo'yiladi va huquq guruhlari bu yil Yu kabi ishlar ko'payganini qayd etishdi. Yu va uning rafiqasi hibsda qolmoqda.

Boshqa xitoylik huquq himoyachilari, masalan, ishdan bo'shatilgan huquqshunos Van Quanjang, qamoqdan chiqqanlaridan keyin ham hukumat tomonidan ta'qiblarga duchor bo'lishda davom etmoqda.

Qo'shma Shtatlarga qochib ketgan dissident Liu xotini va o'g'lidan uch yil davomida ajralish qanchalik og'ir bo'lganini tasvirlab berdi. Er-xotin endi AQShda qayta turmush qurishdi.

“O‘sha huquq-tartibot xodimlari, men chiqib ketishga muvaffaq bo‘lganim uchun mendan o‘ch olish maqsadida shunday shafqatsiz usullarni qo‘llashdi, - dedi u. - Ular bu bilan biz kabi odamlarga sizga va oilangizga shunday qilishimiz mumkin, demoqchi”.