AQShdan Ukrainaga 250 million dollarlik harbiy yordam

  • Amerika Ovozi

Donetskdagi jang maydonlari, dekabr, 2023

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga Vashingtondan bu yil uzatilayotgan oxirgi yordam paketini e'lon qildi: 250 million dollarlik qurol va aslaha.

"Bizning madadimiz Ukraina Rossiya agressiyasiga qarshi turishida muhim rol o'ynab kelmoqda", - deydi Blinken.

2022-yilning fevral oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri AQSh Kongressi Kiyevni quvvatlash uchun 111 milliard dollar ajratgan. Bu mablag'ning aksariyat qismi harbiy ko'mak uchun berilgan.

Buni ham ko'ring Toshkent-Vashington: AQSh ommasi Isroil-Falastin va Ukraina haqida qanday fikrda?

Bugun bayon etilgan paket havo mudofaa tizimlari va alohida qismlar, raketa sistemalari uchun zarur vositalar, shuningdek, ulkan hajmdadgi va turli shakldagi o'q-doridan iborat.

Bayden ma'muriyatiga ko'ra, u boshliq xalqaro koalitsiyada hozirda 50 dan oshiq davlat bo'lib, ular Kremlga qarshi birgalikda chora ko'rmoqda.

Oq uy Kongressdan Ukrainaga qo'shimcha yordam ajratishni so'ramoqda. O'nlab milliard dollar zarurligi qayd etilgan taklif yuzasidan qonunchilar yakdil emas.

AQSh razvedkasiga ko'ra, urushda Rossiyaning 315 ming odami yo o'lgan yo jarohatlangan.

Ukraina tomondan halok bo'lgan harbiylar soni 70 ming atrofida, yaralanganlar 100 mingdan oshadi.

BMT hisobicha, Ukrainad tinch aholi orasida nobud bo'lganlar soni 10 mingdan oshiq, jumladan yuzlab bolalar.

AQSh razvedkasiga ko'ra, Ukrainadagi urushda Rossiyaning 315 ming odami yo o'lgan yo jarohatlangan.