Sun'iy idrokni ijodda qo'llayotgan muhojir

  • Amerika Ovozi

Refik Anadolning Nyu-Yorkdagi ko'rgazmasi, 11-yanvar, 2024

Turkiyalik ijodkor Refik Anadol uchun sun'iy idrok uning ishini ommaga samarali yetkazish uchun yana bir imkoniyat.

Anadol raqamli texnologiyaga asoslangan suratlar yaratadi. Ma’lumotlar shakllarga, san’at asarlariga aylanadi.

“Siz ko’rib turganingiz, 300 million xom tasvirdan, arxivdagi informatsiyadan paydo bo’layotgan manzara. Data skulpturasi, deya olamiz”.

Anadol deydiki, sun’iy intellekt ham san’at quroli.

“Dunyoda millionlab gullar bor. Ularni biz eslab qolishimiz mumkin emas. Biroq sun’iy idrok bunga qodir. Uning algoritmida gullarning barcha turlarini jamlasa bo’ladi. Va ularga asoslangan holda men sistemaga yig’indini chizishni buyuraman. Ularning ranglari ham shu manzarada aks etadi”.

Refik Anadolning Nyu-Yorkdagi ko'rgazmasi, 11-yanvar, 2024

Los-Anjelesda yashaydigan ijodkor Nyu-Yorkdagi Zamonaviy san’at muzeyi uchun asarlar ishladi. 200 yildan oshiq davrdan beri to’plangan materiallarga tayandi. Uning ishida har bir bosqichga xos o’zgarishlar ham seziladi va buni kuzatish mumkin.

Kaliforniya universitetidan olim Teylor Kun tomoshabinlarning qanchalik ta’sirlanganini o’rganib chiqdi.

“Sun’iy idrok orqali qilingan ishlarga nisbatan inson o’ziga xos reaksiya qiladi. Ularni odam boshqacha sezadi. Vujud san’atni his qiladi. Reaksiya serqirra. Miyani boshqacha ishlata boshlaydi. Insonni harakat qilishga, rejalashga, yaratuvchanlikka undovchi hissiyotlarga yetaklaydi”, - deya tushuntiradi miya bo’yicha eskpert.

Kun nazarida san’atda sun’iy idrokning keng qo’llanishi yangi davo yo’llarini kashf etadi, stress va tushkunlikka qarshi choralar taklif qilishi mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

Sun'iy idrok san'atda ham inqilobga yetaklaydi