Atrof-muhitdan zaharli gazlarni tutib olish olimlar iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda qo’llayotgan usullardan biri. Los-Anjelesdagi startap okeandan karbonat angidridni olish yo’llari ustida ishlamoqda.
Los-Anjeles portida amalga oshirilayotgan pilot loyiha okeandan yiliga 100 tonnagacha uglerodni olib tashlashi mumkin. U “Captura” startap firmasi tomonidan boshqariladi.
“Okean juda katta. U sayyora yuzasining 70 foizini egallaydi. Agar biz atmosferadagi zararli gazni olib tashlash uchun okeandan foydalanish mumkinligini ko'rsata olsak, potentsial juda katta”, - deydi kompaniya rahbari Stiv Oldem.
Okeanlar allaqachon atmosferadagi karbonat angidridning uchdan bir qismini o'zlashtirmoqda, deydi startap asoschilaridan biri, Kaliforniya Texnologiya instituti tadqiqotchisi Garri Etvoter.
Buni ham ko'ring Iqlim o'zgarishi qishloq xo'jaligiga salbiy ta'sir qilmoqda"Agar okean suvini dekarbonizatsiya qilish orqali okeanning kislotalanishini bartaraf eta olsak, sirtdagi suv karbonat angidridni yanada ko’proq tortib olish vositasiga aylanadi", - deydi u.
“Captura” tizimi faqat elektr va sho'r suvdan foydalanadi.
Los-Anjelesdagi natijalarga asoslanib, kompaniya Norvegiyada yiliga 1000 tonna uglerod tortib oladigan zavod qurishni rejalamoqda. Iqlim o'zgarishini sezilarli darajada sekinlashtirish uchun okeanlardan milliardlab tonna zararli chiqindini olib tashlashimiz kerak, deydi kompaniya asoschilari.
Your browser doesn’t support HTML5
“Qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanar ekanmiz, atmosferaga har yili 40 gigatonna karbonat angidrid chiqaramiz. Bu atmosferada chiqindilarining to'planishi va ko'payishiga olib keladi. Biz buning aksini qilishimiz kerak. Bu juda katta ish; prototiplarni ishlab chiqarib, keyin biz kattaroq miqyosga chiqamiz. “Captura”ning missiyasi shu", - deydi Etvoter.
Startap rahbarlarining ta'kidlashicha, bu kabi texnologiyalar oldidagi eng katta qiyinchilik – iqlimdagi o’zgarishlarga mos ravishda tez ishlay olishdir.