Ukrainaning Rossiya bosqiniga qarshi kurashi uchinchi yilga kirar ekan, Vashington va Yevropa yetakchilari harbiy yordam xarajatlarini qizg’in muhokama qilmoqda.
AQShning Ukrainadagi elchisi Brijet Brink “Amerika Ovozi” bilan suhbatda kurashning oxirigachacha Vashington ukrainlarga yordam berish niyatida ekanini aytdi. 2022-yilning 24-fevralida Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri AQSh Ukraina uchun milliardlab dollar ajratgani va vaziyat qattiq nazorat ostida ekanini ta’kidladi.
Amerika Ovozi: Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan bir necha oy o’tib AQShning Ukrainadagi elchisi sifatida faoliyat boshlagan edingiz. O’shanda Ukraina qay ahvolda edi? Hozir vaziyat qanday?
Elchi Brijet Brink: Ukraina va ukrainaliklar o’shandayoq kuchli va irodali edi, hozir ham xuddi shunday va men Ukrainani qo’llab-quvvatlayotganimizdan xursandman. Ishni oxiriga yetkazishda qo’llab-quvvatlab turishimiz kerak.
Amerika Ovozi: Bugun Ukraina harbiy yordamga muhtoj. AQSh Kongressining bir qarorga kelishi vaqt olyapti. Vaziyatni ukrainaliklarga qanday tushuntiryapsiz?
Elchi Brijet Brink: Ularga Kongressdagi har ikki partiya, prezident va uning ma’muriyati ham, Kongress va Amerika xalqiga nima uchun Ukrainaga yordam ko’rsatilishi kerakligini yetkazishga urinayotganini va ular yordam uchun xayrixoh ekanini tushuntiryapman va biz tushuntirishda davom etamiz.
Buni ham ko'ring Putindan NATOga ogohlantirish: Ukrainaga qo'shin jo'natmangAmerika Ovozi: “Pew” tadqiqot markaziga ko’ra, Kongressning harakatlari sust bo’lgani bilan, 73 foiz amerikaliklar milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Ukrainani qo’llab-quvvatlamoqda. Agar Kongressni ikki partiya ham qo’llayotgan bo’lsa, demak Ukraina AQSh oldidagi eng dolzarb masala.
Elchi Brijet Brink: Albatta! Prezident Jo Bayden aytganidek, Ukraina g’alaba qozonishi uchun va Rossiya prezidenti Putin strategiyasi mag’lubiyatga uchrashi uchun ham bu ishni oxiriga yetkazishimiz kerak. O’ylaymanki, Kongress ham, amerikaliklar ham shu fikrda.
Amerika Ovozi: AQSh Kongressining konservativ qanoti AQSh Ukrainaga yordam berish mas’uliyatini bo’yniga olishni so’rab Kiyevni tekshirish uchun ekspertlarni yubordi. AQSh inspeksiyasi qanday o’tgani, Ukrainadagi jarayonlar haqida ma’lumot bersangiz.
Elchi Brijet Brink: Diqqat bilan kuzatyapmiz. Elchixonadagi jamoamizning uchdan bir qismi shu ishni nazorat qilish uchun biriktirilgan. Uch nafar auditor va ularning dunyo bo’ylab chamasi 400 nafar ishchilari ham bor. Vaziyat qat’iy nazoratda.
Amerika Ovozi: Inspektorlar qurol va o’q-dorilar saqlanadigan omborlarga ham kira olishadimi?
Elchi Brijet Brink: Biz bora oladigan har qanday obyektga ular ham kira oladi. Kira olmaydigan joylar, masalan frontga borolmasa ham, qurollarni hisoblash uchun boshqacha yo’llarni tashkil qildik, ya’ni hech kimni xavf ostiga qo’ymasdan, siyosat va qonunlarga rioya qilish yo’llarini topishga urindik.
Buni ham ko'ring Ukrainaga yordam kamaygan bir sharoitda urush uchinchi yilga kirdiAmerika Ovozi: So’nggi ikki yilda AQSh Ukrainaga katta harbiy yordam ko’rsatdi, lekin mablag’ning asosiy qismi chekka hududlardagi qurol ishlab chiqaruvchilarida, ya’ni AQShning o’zida qoldi. Bu mablag’ qanday sarflangan?
Elchi Brijet Brink: Aslida Ukraina uchun ajratilgan mablag’ 31 shtat bo’ylab sarflangan. Ular orasida Arizonaning “Patriot” havo mudofaasi raketalari, Pensilvaniyaning artilleriyalari, hatto mening shtatim Michigandan mashinalar ham bor. Bu amerikaliklar uchun ham muhim. Amerikaliklarni ish bilan ta’minlasa, boshqa tomondan Ukrainani qo’llab-quvvatlayapti.
Amerika Ovozi: Urush va jiddiy talafotga qaramay, Ukraina iqtisodi cho’kkani yo’q. AQSh ham yaxshigina yordam berdi. Siz kelgusi yilda Ukraina iqtisodini qanday ko’rasiz va Ukrainaning iqtisodiy qiyinchiliklardan o’tib olishi uchun yangi biror-bir mexanizm rejalayapsizmi?
Elchi Brijet Brink: Harbiy masalalardan holi ravishda, 2023-yilda Ukraina iqtisodi 5 foizga o’sgan va bu katta yutuqlaridan biri. Masalan, Rossiya Qora dengiz g'alla tashabbusidan chiqib ketgan bo'lsa ham tovar eksporti to’xtagani yo’q. Uning o’rniga shaxdam harakatlar bilan Qora dengiz portida yangi korridor yaratib, 760 ta kema va 23 million tonnadan ortiq g’alla va boshqa yuklar ortilgan kemalari xavfsiz suzib o’tishini ta’minlay oldi. Demak, dunyoda galla ta’minoti uzilmagani muhim bo’lsa, Ukraina iqtisodi uchun ham birday muhim.
Amerika Ovozi: Ukrainaliklar bilan gaplashganimda, ular G’arbning moliya markazlari qo’llayotgan sug’urta mexanizmidan mamnun ekanini bildirishdi. Shu ishni davom ettirish rejangizda bormi?
Elchi Brijet Brink: Albatta. Bu yo’lda Ukraina hukumati va boshqa hamkorlarimiz bilan ishlayapmiz. Qora dengiz va Dunay portidan eksport hajmini oshirish, tovarlarning chegaradan o’tishini yaxshilash orqali mablag’ qaytib davlat g’aznasiga yetib borishini ta’minlashga erishmoqchimiz. Harakatlarimiz ularning o’zini eplab olishiga qaratilgan.
Buni ham ko'ring F-16 samolyotlari Ukrainaga qachon yetkaziladi?Amerika Ovozi: Kelgusi yilda Ukraina va mintaqani qanday faraz/prognoz qilyapsiz?
Elchi Brijet Brink: Qanday boshlagan bo’lsam, hozir ham shunday. Ukraina g’alaba qozonishi shart.Qo’shma Shtatlar, hamkorlarimiz va sheriklarimiz bilan birgalikda Ukrainani qo’llab quvvatlashda davom etamiz. Demoqchimanki, Ukraina o’z hududlarini qaytarib olishi va Yevropaga, Yevropa Ittifoqiga, ayniqsa NATOga yaqinlashishi kerak. Ukrainaliklar o’z xohish-irodasi bilan yurishi – suverenitet, mustaqil, Yevro-Atlantika markazlari bilan integratsiyalashgan farovon mamlakat va Qo’shma Shtatlar uchun muhim va kuchli hamkorga aylanishi tarafdorimiz.