Michigan shtatida 100 000 dan ortiq demokrat partiya ichki saylovida Prezident Jo Baydenga ovoz bermadi, aksincha, hech kimga ovoz bermaslikni lozim topdi. Bu noyabrda bo’ladigan prezidentlik saylovida Baydenga muammo tug’dirishi mumkin.
Prezident Jo Bayden Michigan shtatining Sagino shahrida aholisining yarmidan ko'pi qora tanli yoki ispanzabon bo’lgan saylovchilar bilan uchrashdi. Bu uning turli shtatlarda qayta saylanish istiqbolini oshirishga qaratilgan kampaniyaning bir qismi.
Qayta saylanish strategiyasi sifatida Bayden o’zi erishgan muvaffaqiyatlarni respublikachilar nomzodi, sobiq prezident Donald Tramp amalga oshirgan ishlarga solishtirmoqda.
"Mendan avvalgi rahbar Amerika xalqi oldida har qanday prezidentning eng asosiy burchi bo’lgan vazifani bajara olmadi. Bu xalqqa g’amxo’rlik", - dedi u.
Michigan muhim shtatlardan biri. Bayden bu yerda qora tanli saylovchilar va kasaba uyushmalari a’zolarining ovozini qo’lga kiritishga urinmoqda.
"10, 20, 30 yil oldingi o’sha muammolar, ishsizlik va masalalar hanuz bor", - deydi Jefri ismli fuqaro.
Buni ham ko'ring Amerikadagi yetakchi musulmonlar Oq uydagi iftor, hayitda qatnashmoqchi emasTaxminan 101 ming michiganlik yaqinda bo'lib o'tgan birlamchi saylovda hech bir nomzodga ovoz bermasligini ma’lum qildi. Bu Baydenning Isroil siyosatiga qarshi norozilik belgisi sifatida ko’rilmoqda. Bayden Isroilni G’azodagi xurujlarni to’xtatishga undagan bo’lsa-da, uning tanqidchilari bu yetarli emas, deydi.
“U 27-oktabrda qo’ygan talabimizni, 31-oktabrgacha o‘t ochishni to‘xtatish muddatini belgilash va o‘t ochishni doimiy to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni bajarmadi. Biz bu muddat o'tganidan keyin uni hech qachon qo'llab-quvvatlamaslikka va'da berdik va biz bunga sodiq qolamiz", - deydi “Baydenni tark et” kampaniyasi vakili Hasan Abdul Salom.
Saylovchilar Baydenning yoshidan ham xavotirda.
Ba'zi ekspertlarga ko’ra, u Michigan shtatining mashhur gubernatori Gretxen Uitmer kabi yoshroq odamga o’z o’rnini bo’shatishi kerak.
Buni ham ko'ring AQShda yashovchi arablar va musulmonlar xavotiri“U ma'lum darajada markazchi; yaxshi targ'ibotchi ekanligi isbotlangan, Demokratik partiyaning muhim muzokarachisi, qolaversa, ayol kishi va Hillari Klinton kabi muammolarga ega emas. Shuningdek, u juda muhim bo’lgan shtatdan”, - deydi sharhlovchi Den Perri.
Saylovoldi kampaniyasi qizg'in pallaga kirar ekan, Baydenning bu chaqiriqlarga bo’yin egishi kutilmayapti. 81 yoshli Bayden saylov kuni 78 yoshda bo'ladigan Trampga qarshi kurashmoqda.
"Mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident bu; uning ismi Jo Bayden. Ba'zida uni egri Jo Bayden deyishadi va u mag'lub bo'lishi kerak", - deydi Tramp.
So'rovlarning ko'rsatishicha, ko'plar amerikaliklar, jumladan, michiganliklar bu ikki nomzod o’rtasida revansh bo’lishiga unchalik ham ishtiyoqmand emas.