Federal Qidiruv Byurosi (FQB) bergan hisobotga ko’ra, o’tgan yili firibgarlar keksa amerikaliklardan 3,4 milliard dollardan ko’p pul o’girlagan. Ular turli murakkab hiyla va jinoiy taktikalar orqali keksa insonlarning zaif taraflarini topib, keksalik uchun jamg’argan pullarini o’girlamoqda va bu kundan kunga oshib bormoqda.
FQBning ma’lumot berishicha, firibgarlik qurboni bo’lgan qariyalar soni o’tgan yilga qaraganda 11 foizga oshgan. Tergovchilar bank hisobini to’ldirish bahonasida uni o’marish sxemalari, jabrlanuvchilarni aldab, naqd pul yoki tilla olish uchun shaxsan kuryerlarni jo’natish usullari kuchaygani haqida ogohlantiryapti.
“Bu holat ishlab pul topish qobiliyatidan mahrum keksa amerikaliklarga ayanchli ta’sir ko’rsatishi mumkin, - deydi FQBning jinoyat qidiruv bo’limi boshlig’i o’rinbosari Jeyms Barnakl. - Odamlar bor mablag’idan ayrilmoqda, ba’zilar qashshoq bo’lib qolmoqda”.
Otgan yilning o’zida FQBga 60 yoshdan yuqori keksalar tomonidan 100 mingdan oshiq firibgarlik qurboni sifatidagi shikoyatlar kelib tushdi; 6000 ga yaqin odam 100 000 dollardan ko’p zarar ko’rgan. Firibgarlarga 2020-yildagi karonavirus pandemiyasi juda qo’l kelgan va so’nggi ikki yil ichida uyda qamalib qolgan keksalarni telefon orqali aldash osonlashgan.
Buni ham ko'ring Sobiq prezidentning kompaniyasi moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqdaBarnaklning aytishicha, bu aynan keksa amerikaliklarga mo’ljallangan, ko’p sxemali hiylalar bo’lib, onlayn ishqiy nayranglar yoki sarmoyaviy firibgarlik orqali amalga oshirilmoqda.
Eng ko’p tarqalgan firibgarlik telefonda texnik xizmat ko’rsatish bahonasida amalga oshirilgan. Firibgar telefon orqali qariyaga o’zini bank xodimi, yoki hukumat ishchisi, texnik yoki mijozlar bilan ishlaydigan xizmatchi sifatida tanishtiradi va jabrlanuvchining ishonchiga kiradi. Bank hisobiga chet ellik xakerlar hujum qilganini, pullarini himoya qilish uchun yangi hisob raqamiga o’tkazish kerakligini aytishadi. Yangi hisob raqami esa firibgarlar tarafidan boshqariladi.
Federal byuro tergovchilari may va dekabr oylari orasida hisob raqami buzilganiga ishontirib, jonli kuryerlardan foydalanib aldangan jabrlanuvchilardan pul olish holatlari ko’payganini kuzatgan. Bunda firibgarlar o’z o’ljasiga uning bank hisobi buzilganini, undagi mablag’ni himoya qilish uchun naqd pulga yoki tilla va qimmatbaho buyumga o’girish kerakligini uqtirishadi. Naqd pul va qimmatbaho buyumni yangi hisobga qo’yish uchun esa kuryer shaxsan o’zi kelib olib ketadi, deb ishontiradi.
“Aksariyat firibgarlik sxemalarida jabrlanuvchidan bank hisobi orqali pul o’tkazish yoki kriptovalyuta o’tkazish yo’li bilan pul jo’natishni so’rashadi, jabrlanuvchi istamasa boshqa muqobil variant beriladi. Ya’ni “kuryer xizmati”ni ishga solishadi” - deydi Barnakl.
Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur oy boshida ogayolik 81 yoshli erkak firibgarlar bilan telefonda gaplashganidan so’ng, “Uber” haydovchisini ularning kuryeri deb o’ylab otib o’ldirgan.
Buni ham ko'ring AQShda keksalar uchun boshpana muammoErkakka birov telefon qilib, o’zini mahalliy sud xodimi deb tanishtirgan va pul talab qilgan. Shu paytda “Uber” haydovchisi kelib, uning uyidan buyurtmani olib ketishi kerakligini aytgan. Rasmiylarning fikricha, “Uber” haydovchisiga ham xuddi o’sha firibgar onlayn buyurtma jo’natgan bo’lishi mumkin.
Keksa amerikaliklarning yo’qotishlari aslida bundan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Chunki FQBning Internetdagi jinoyatlar bilan kurashish markaziga kelgan 880 mingdan ortiq shikoyatning yarmida shikoyatchilarning yoshi ko’rsatilmagan