Kaliforniyalik startap loydan yasalgan batareyalar yordamida ishlab chiqarish sohalarini ekologiya uchun yanada xavfsiz qilish mumkinligini aytmoqda. Elektr energiyasini saqlash o'rniga, gil batareyalar o’zida issiqlikni saqlaydi.
Qayta tiklanadigan energiya qazib olinadigan yoqilg'iga qaraganda arzonlashmoqda, ammo toza energiyaga o’tish unga eng muhtoj bo’lgan ishlab chiqarish sohalarida sekin kechmoqda.
Ishlab chiqarish doimiy issiqlikni talab qiladi, ba'zan kuniga 24 soat.
Buni ham ko'ring AQShda toza energiya sanoati qanday rivojlanyapti?“Mahsulot ishlab chiqarish dunyoda energiya eng ko’p ishlatiladigan soha. Ishlab chiqarishga ketadigan issiqlik dunyodagi barcha ko'mir, neft va tabiiy gazning to'rtdan bir qismiga tog’ri keladi”, - deydi “Rondo Energy” kompaniyasidan Jon Odonnel.
Odonnel shamol va quyoshning uzluksiz elektr energiyasini doimiy issiqlikka aylantirish ustida ishlamoqda. Bunda oddiy materiallar yordamida gil g'ishtlar issiqlikni saqlovchi batareyalar vazifasini bajaradi.
"Biz dunyo 200 yil davomida ishlatib kelgan 19-asr materiallaridan foydalanib, 21-asr energiya infratuzilmasini qurish yo’lini topdik", - deydi Odonnel.
Buni ham ko'ring Geologlar: Amerika litiyga bo'lgan ehtiyojlarini qoplay oladiTemir sim issiqlik hosil qiladi va uning murakkab shakli g'ishtlarni bir tekis qizdirish va issiqlikni bir necha kun ushlab turish imkonini beradi.
"Bu bitta g'isht “Tesla Model” X akkumulyatori bilan teng energiya saqlaydi. Biz bitta issiqlik tizimini yaratish uchun ulardan 3000 ga yaqinini yig'amiz”, - deydi tadbirkor.
Oziq-ovqat, yoqilg'i kabi mahsulot ishlab chiqaradigan kompaniyalar uchun issiq g'ishtlar havoni 1000 darajadan yuqori haroratgacha qizdirishi mumkin. “Rondo”ning birinchi issiqlik batareyasi 2023-yilda Kaliforniyadagi bioyoqilg'i zavodida ishga tushirildi.
"Ichki yonuv dvigatellarini shamol va quyosh bilan almashtirish uglerod chiqindilarini kamaytiradi", - deydi Odonnel.
Katta hajmdagi ishlab chiqarish Tailanddagi g'isht zavodida amalga oshiriladi. Kompaniya dunyodagi eng yirik akkumulyator zavodini qurishni rejalamoqda. Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishda yetakchi “EDP” kompaniyasini issiqlik bilan ta'minlash bo'yicha ham kelishuvga erishgan.