AQSh davlat kotibining Qurol nazorati, himoya va barqarorlik bo'yicha muovini Mallori Styuart 22-28 iyun kunlari Ostona va Jenevaga safar qiladi.
Qozog'iston va Shveysariya rasmiylari bilan muloqotlarda Amerika yetakchi diplomati mudofaa masalalarini muhokama qiladi, jumladan yadroviy tahdidlarning oldini olish choralarini.
Vashington va Ostona bu sohada 1990-yillardan beri hamkor. Sovet davridan qolgan chiqindilardan qutulishi uchun AQSh Qozog'istonga millionlab dollarlik yordam ko'rsatgan va bu harakatlar hamon davom etmoqda. Davlat - strategik sheriklar.
Jenevada esa Styuart xonim xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashib, yadroviy materiallarni xavfsizlantirish va qurollarni kamaytirish borasida so'zlashadi. Davlat departamentiga ko'ra, davlatlar bu borada bir-biriga ishona va tayana olishi kerak.